Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi Telegram'da tanlov o‘tkazmoqda. Bosh sovrin – «Spark»
Adliya vazirligi aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida «Huquq bilimdonlari» tanlovini o‘tkazmoqda.
1 noyabrdan boshlangan tanlov 3 bosqichda bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar yangi yil arafasida e'lon qilinadi.
G‘oliblarga quyidagi sovg‘alar topshiriladi:
1-o‘rin – "Spark" avtomashinasi;
2-o‘rin – Malayziyaga 2 kishilik yo‘llanma;
3-o‘rin – iPhone 11 PRO.
Bundan tashqari, birinchi bosqich g‘olibiga alohida qimmatbaho sovg‘a ham beriladi.

Tanlovning birinchi bosqichi 1-30 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu vaqt davomida ishtirokchilar Telegram'dagi @huquqiyaxborot kanaliga belgilangan tartibda do‘stlarini qo‘shishlari kerak. Kanalga eng ko‘p obunachi qo‘shgan 500 nafar ishtirokchi tanlovning 2-bosqichiga o‘tadi.
1-bosqich shartlari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
2-bosqichga chiqqan 500 qatnashchi 30ta savolga javob berishi kerak bo‘ladi. Savollar "Huquqiy axborot" kanalida berilgan ma'lumotlarga asosan tuziladi. Testdan muvaffaqiyatli o‘tganlar 3-bosqich – finalda ishtirok etadilar.
Tanlov bilan bog‘liq savollarga @huquqbilimdoni_aloqabot boti orqali javob olish mumkin.
Eslatma: oliy yuridik ma'lumotga ega, shuningdek adliya organlari va muassasalari xodimlari hamda ularning yaqin qarindoshlarining tanlovda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026