Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bedarak yo‘qolgan 11 yoshli qizcha Farg‘onada topildi
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Toshkentda bedarak yo‘qolgan 11 yoshli qizcha topilganini ma'lum qildi.
Xabarda ta'kidlanishicha, internetda yo‘qolgani haqida xabar tarqalgan Z.T. ismli qizchaning onasi 12 noyabrda soat 18.40da “102” raqamiga murojaat qilib, qizi yo‘qligidan xavotir bildirgan. Qizning ota-onasi bilan suhbatda Olmazor tumani ichki ishlar boshqarmasi xodimlari oilaning barcha yaqinlari va qizning dugonalari hamda sinfdoshlari haqidagi ma'lumotlar va kontaktlarni olishgan. So‘ngra ulardan har biri bilan suhbat vaqtida qizcha Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida bobo-buvisinikida ekanligi aniqlangan. Ma'lum qilinishicha, qiz u yerga taksida o‘zboshimchalik bilan ketgan.
Ayni vaqtda qizcha Qo‘qondagi qarindoshlarinikida qolmoqda.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi fuqarolardan sarosima va ortiqcha shov-shuv ko‘tarmaslik uchun tekshirilmagan axborotni tarqatmaslikni iltimos qilib qoladi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026