Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkong adliya vaziri Londonda namoyishchilardan qochishga urinish vaqtida jarohat oldi
Britaniyaga tashrif bilan kelgan Hongkong adliya vaziri Tereza Chen Xitoyga qarshi kayfiyatdagi namoyishchilarga to‘qnash kelib, ulardan qutulmoqchi bo‘lib jarohat oldi. Bu haqda The South China Morning Post nashri xabar berdi.
Niqoblarda bo‘lgan namoyishchilar ayolni o‘rab olib, uni haqoratlab, “Sharmandalik” deb baqira boshlashgan.
Vazir namoyishchilar qurshovidan chiqib ketishga harakat qilib, yerga yiqilib tushgan va qo‘lini shikastlab olgan. Chen voqeadan keyin Britaniya politsiyasiga shikoyat arizasi yozgan.
Bu orada Hongkong va Xitoy vazir bilan yuz bergan voqeani “qoralab”, u yuzasidan Britaniyaning bosh konsulligiga norozilik bildirgan. Londondagi elchixona esa mahalliy politsiyani voqeani sinchkov tergov qilishga va Xitoy davlat muassasalari va xodimlari qo‘riqlanishini kuchaytirishga chaqirgan.
“Namoyishchilarning asl maqsadi Hongkongni beqarorlashtirish, “bir davlat – ikki tizim” tamoyiliga putur yetkazish hisoblanadi. Endi ular xorijda ham zo‘ravonlik qilmoqdalar”, deyilgan elchixona bayonotida.
Hongkongda bir necha oydan beri Xitoyga ekstraditsiya qilish haqidagi qonun loyihasiga qarshi boshlangan norozilik namoyishlari to‘xtamayapti.
London Bitch is falling down, falling down, falling down 🎶🎶🎶#HongKong #HongKongProtess https://t.co/K76XOmBV8v
— ClovePepe😷 (@ClovePepe) November 15, 2019
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
20:50 / 10.06.2026
Hongkongda 168 kishi halok bo‘lgan yong‘in ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:32 / 03.06.2026