Turkmanistonda yuzlab odamlar O‘zbekistonga viza olish uchun navbatda turibdi - OAV
Shu kunlarda O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasida sayyohlik vizasini olish maqsadida bo‘lgan yuzlab odamlar navbatda turganini ko‘rish mumkin, deya xabar qilmoqda Türkmen.news.
Nashrning Turkmanistondagi muxbiriga asosan xabar berishicha, ertalab soat 7dan boshlab elchixona binosi yonida 250dan ortiq odam to‘planyapti.
Kun davomida odamlar soni sezilarli darajada oshadi. Navbatda turganlarning aksariyati Lebap va Dashoguz viloyatlari aholisi ekani, ular orasida hassaga tayangan chollar va yosh bolalar ham borligi aytiladi, deb xabar qildi Türkmen.news 13 noyabr kuni.
Nashrning ta'kidlashicha, turkmanistonliklarning ko‘pchiligi qo‘shni mamlakatdagi bankomatlardan turkman bank kartalaridan naqd pul yechib olish hamda iste'mol tovarlarini sotish uchun O‘zbekistonga yo‘l olmoqda.
20 kunlik viza olgan kishi O‘zbekistonga bir necha bor kirib chiqishi mumkin. U o‘zi bilan qarindoshlari, tanishlarining kartalarini olib, ular mablag‘larini naqdlashtirib beradi. Buning uchun u karta egalaridan 100-150 manatdan oladi. Har bir dollar uchun 3,5 manat sarmoya kiritgan aholi qora bozorda dollarni 19 manatdan qayta sotmoqda, deya yozadi nashr.
Shu bilan birga, Türkmen.news muxbiri bilan suhbatlashgan ba'zi turkmanistonliklar daromadning ushbu turiga nisbatan cheklovlar kuchaytirilayotgani haqida aytishgan. «Oktabr oyining oxirida men Shovotda (Turkmaniston bilan chegaradosh O‘zbekiston hududi) bo‘ldim va kun bo‘yi terminal orqali bitta ham to‘lovni amalga oshira olmadim, ammo yozda 45-50 dollargacha to‘lovlarni o‘tkazish mumkin edi. Uyga bor-yo‘g‘i 10 dollar olib keldim - aynan shuncha mablag‘ni bankomatda yechib olishning uddasidan chiqdim», - deya o‘zini Ro‘zimboy deb tanishtirgan suhbatdoshlaridan birining so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr.
Mavzuga oid
18:48 / 05.11.2024
Green Card uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2 kunga uzaytirildi
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
22:15 / 25.10.2024
BMT Markaziy Osiyoni «Tinchlik, ishonch va hamkorlik hududi» deb e’lon qildi
18:51 / 12.10.2024