Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo Eronni Isroilga zarba berishda falastinlik radikallardan foydalanishda aybladi
AQSh davlat kotibi Maykl Tehronni Isroilga zarba berish uchun Falastindagi "Islom jihodi" guruhidan foydalanishda aybladi.
"Eron bizning go‘zal ittifoqchimiz Isroilga zarbalar berish uchun Falastinning "Islom jihodi"dan foydalanmoqda. Eron mintaqada tinchlik bo‘lishiga intilmayapti. U falastin xalqining farovonligini istamaydi. U ko‘proq nizo bo‘lishini xohlaydi. Eronning tahdidlariga javob qaytarmas ekanmiz, zo‘ravonlik girdobi davom etaveradi", - deb yozdi u Twitter sahifasida.
Pompeoning fikricha, Tehron "terrorchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlashni bas qilish bo‘yicha majburiyat olishi kiritilgan kelishuvni imzolamaguniga qadar" Eronga bosim o‘tkazishni davom ettirish lozim.
Isroil armiyasining ma'lumotiga ko‘ra, 12 noyabr tongidan boshlab 50 soat ichida G‘azo sektoridan Isroil tomon kamida 450ta raketa otilgan. Isroil harbiylari bunga javoban "Islom jihodi" guruhining G‘azo sektoridagi nishonlariga zarba bergan.
Falastin sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, zarbalar oqibatida 30dan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
20:20 / 15.07.2026
Tramp Erondagi ko‘priklar va elektr stansiyalarini portlatish bilan tahdid qildi
09:40 / 14.07.2026