O‘zbekiston | 18:29 / 18.11.2019
6915
3 daqiqa o‘qiladi

«ERIELL Group»: «O‘zbekneftgaz» AJ bilan birgalikda gaz qazib chiqarishni oshirishga erishildi

Foto: ERIELL Group

«ERIELL Group» kompaniyasi «O‘zburneftgaz» AJ ning ixtisoslashtirilgan korxonalari bilan hamkorlikda quduqlarda gaz qazib chikarish samaradorligini oshirish uchun mahsuldor qatlamni gidravlik yorish texnologiyasidan keng foydalanmoqda.

Qatlamni gidravlik yorish texnologiyasi qo‘llanilganidan keyin gaz oqimi to‘xtab qolgan quduqlarda qazib chiqarishni tiklashga erishdi: «Nomozboy» koni №11 qudug‘ida gaz qazib olish kuniga 31,5 ming m3 gacha tiklandi; «Nomozboy» koni №3 qudug‘ida gaz qazib olish kuniga 6,5 ming m3 gacha tiklandi; «Chunagar» koni №21 qudug‘ida gaz qazib olish sutkasiga 30 ming m³ gacha tiklandi.

Bundan tashqari «ERIELL Group» kompaniyasi qatlamni gidravlik yorish texnologiyasini qo‘llab, «Toyloq» konining quyida ko‘rsatilgan quduqlarida gaz qazib chiqarish samaradorligini oshirishga erishdi: №24 qudug‘ida sutkasiga 44 mingdan 125 ming m³ gacha (o‘sish 91 ming m³/sut.); №23 qudug‘ida sutkasiga 129 mingdan 170 ming m³ gacha (o‘sish 41 ming m³/sut.); №33 qudug‘ida sutkasiga 86,97 mingdan 95,5 ming m³ gacha (o‘sish 8,53 ming m³/sut.); №39 qudug‘ida sutkasiga 51 mingdan 113 ming m³ gacha (o‘sish 62 ming m³/sut.); №36 qudug‘ida sutkasiga 95 mingdan 105 ming m³ gacha (o‘sish 10 ming m³/sut.); №37 qudug‘ida 96 mingdan 115 ming m³ gacha (o‘sish 19 ming m³/sut.) oshirildi.

Yuqorida kayd etilgan ko‘rsatkichlarni inobatga olganda, «ERIELL Group» kompaniyasi qo‘llayotgan qatlamni gidravlik yorish texnologiyasi gaz qazib chiqarish samaradorligini oshirishga va O‘zbekiston xalqiga kuzgi-qishki mavsumga qo‘shimcha sutkasiga 299,53 ming m³ gaz mahsulotini yetkazishga sabab bo‘ldi.

«ERIELL Group» kompaniyasi uglevodorod mahsulotlarini qazib olishni oshirish dasturi asosida (PK-2822, 09.03.2017 y.) neft va gaz mahsulotlarini qazib chiqarishni oshirishga qaratilgan ishlarni davom ettirmoqda.

«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid