Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda musson yomg‘irlar mavsumida 2,4 ming kishi halok bo‘ldi
Hindistonda joriy yilda musson yomg‘irlar mavsumida 2391 kishi halok bo‘ldi, 800 mingdan ko‘proq uyga shikast yetdi. Bu haqda Hindiston ichki ishlar vaziri Nityanand Rai parlament so‘roviga javoban ma'lum qildi.
Shuningdek, toshqin, yomg‘ir va ko‘chkilar sababli 16 mingga yaqin yirik shoxli chorva nobud bo‘lgan, 6,4 mln gektar ekin maydonlariga zarar yetgan.
Iyun oxirida Janubiy Osiyo bo‘ylab musson o‘tib, u oxirgi 10 yil ichidagi eng kuchlisi bo‘lgan. Yomg‘irlar mavsumi odatdagidek sentyabrda tugamay, oktyabrda ham davom etgan. Kuchli yomg‘irlar toshqinlar, transport aloqasi bilan muammolar keltirib chiqargan, binolar qulashiga va ko‘plab baxsiz hodisalar yuz berishiga olib kelgan.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026