Janubiy Koreya investitsiyalari himoyaga olindi
Prezident 2019 yil 19 aprel kuni Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati o‘rtasida investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi.
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning 18–19 aprel kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida ikki davlat hukumatlari rahbarlari ushbu bitimni imzolagan edilar.
Norma’ning yozishicha, bunday hujjatlarda, qoidaga ko‘ra, shartnoma taraflari investitsiyalarini har tomonlama huquqiy jihatdan himoya qilish, shu jumladan ularni ekspropriatsiya qilish yoki milliylashtirishni taqiqlash, to‘lovlarni o‘tkazishda erkinlik berish, investorlarga yetkazilgan zararni qoplash hamda davlat va investorlar o‘rtasidagi nizolarni hal etish tartibi nazarda tutiladi. Masalan, shunga o‘xshash bitimlarni O‘zbekiston Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Xitoy va yana bir qator davlatlar bilan imzolagan.
O‘zbekiston TIV mazkur shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas'ul bo‘lgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani Koreya Respublikasiga yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu ikki tomonlama bitim doirasida O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.
Mavzuga oid
18:54 / 09.11.2024
Seul: Shimoliy Koreya GPS-signallarni uzib, kemalar va aviatsiyaga xalaqit bermoqda
10:48 / 09.11.2024
O‘zbekiston va Janubiy Koreya yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi
10:08 / 09.11.2024
Seulda O‘zbekiston va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirlari muzokaralari bo‘lib o‘tdi
23:27 / 08.11.2024