O‘zbekiston | 23:40 / 19.11.2019
8941
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondan Xitoyga meva-sabzavotlarni avtomobil va temir yo‘l orqali olib kirish mumkin bo‘ldi

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi ikki tomonlama savdo-sotiqni kuchaytirish, xususan, mahsulotlarni Xitoyga eksport qilishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Foto : KUN.UZ

Diplomatik missiyaning O‘zdavkarantin bilan birgalikda mamlakatning tegishli bo‘limlari bilan olib borgan tadqiqotlari natijasida O‘zbekistondan Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun qulay logistika yo‘lini belgilash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Xitoy tomoni bilan faol ishlash natijasida "Xorgos" va "Alashankou" (Xitoy-Qozog‘iston), shuningdek "Irkeshtam" (Xitoy-Qirg‘iziston) chegara bojxona postlari orqali yangi meva va sabzavotlarni olib kirish uchun ruxsatnoma olindi.

"Xitoy bosh bojxona boshqarmasi va Vazirlar Mahkamasi qoshidagi o‘simliklar karantin davlat inspeksiyasi o‘rtasida yerusti yo‘li orqali import va eksport uchun meva karantin talablari to‘g‘risidagi protokol" 1 noyabrdan kuchga kirdi.

Ma'lumot uchun: ilgari yangi mahsulotlarni faqat havo yoki dengiz yo‘li orqali import qilish mumkin edi.

Mavzuga oid