O‘zbekiston | 12:59 / 19.11.2019
4766
3 daqiqa o‘qiladi

Respublikada jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni ma'lum qilindi

Foto: Shutterstock

2019 yil 1 noyabr holatiga respublikada jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni 391,0 ming birlikka yetdi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, xizmatlar sohasida jami 256,8 ming birlik korxonalar va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. 2018 yilning shu davriga nisbatan ularning o‘sishi 22,1 foizga oshdi.

2019 yil 1 noyabr holatiga xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning ulushi 65,7 foizni tashkil etdi. 

Taqqoslash uchun: kuzatilgan davrda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning ulushi - 17,8 foiz, qurilish - 9,2 foizga etdi va atigi 7,3 foiz qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasi hissasiga to‘g‘ri keladi.

2019 yil 1 noyabr holatiga, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar tarkibida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va tashkilotlar (38,0 foiz) yuqori ulushni egallaydi.

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlarning soni 9,7 foizni tashkil etdi. 

Tashish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va xizmatlar sohasidagi tegishli faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning ularning umumiy sonidagi ulushi 5,9 foizga yetdi.

Axborot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlarning ulushi 3,1 foizga teng bo‘ldi. 

Sog‘liqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning ulushi 3,0 foizni tashkil etdi.

Ma'lumot uchun: 2018 yil 1 noyabr holatiga, xizmatlar sohasida 210,3 mingta korxonalar va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatgan. Ularning umumiy tarkibida savdo xizmatlari - 33,1 foiz, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar - 9,2 foiz, tashish va saqlash - 6,2 foiz, axborot va aloqa - 3,3 foiz, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish - 3,2 foiz, boshqa turlar - 45,0 foizni tashkil etgan, 

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni 46,5 ming birlikka ko‘paydi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid