Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Po‘lat Bobojonov Hindiston turistik politsiyasining tajribasini o‘rganadi
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov rahbarligidagi delegatsiya Hindiston Respublikasiga jo‘nab ketdi.
IIV axborot xizmatiga ko‘ra, tashrif kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Hindiston politsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga doir bir qator muhim masalalar o‘rin olgan.
Hindiston ichki ishlar vaziri Amit Shax bilan o‘tkazilishi ko‘zlangan muzokaralarda uyushgan transmilliy jinoyatchilik va xalqaro terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilinib, o‘zaro fikr almashiladi.
Tashrif davomida, shuningdek, Hindiston turistik politsiyasining ilg‘or tajribasini o‘rganish ham rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026