Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirişi böyiça bahs-munozaralar davom etmoqda. Iqtisodçi Jamşid Muslimov uşbu mavzu böyiça navbatdagi maqolasini taqdim etdi.
Javobtalab savol
Özbekistonlik mehnat migrantlarining şaroitlarini yaxşilaş uçun ham YeOIIga kirişimiz kerak degan da'voga nisbatan men muhtaram siyosatçilarimiz va jamiyatimiz oldida uşbu masalani qöymoqçiman:
Ittifoqqa kiriş uzoq yillik, ehtimol asrlik qarordir. Migratsiya masalasi YeOIIga kiriş uçun asosiy turtki bölişi vatanimiz mehnatkaşlari özga yurtlarda hali uzoq yillar qoladi deganimi? Hozirgi vaziyat vaqtinçalik emasmidi? Özbekistonda sanoat işlab çiqarişining miqyosi yanada kengayişiga qaratilgan harakatlar töxtatildimi? Davlatning strategik közloviga (vision) bunday yondaşuv qançalik mos?
Bu savollarga asosli javobni YeOII tarafdorlaridan kutib qolamiz va öz fikrimizni davom ettiramiz.
Rossiyadan mahsulotlar importi mehnat eksportini kuçaytiradi
Keling, YeOIIga a'zo bölgaç iş kuçi migratsiyasi vaziyati istiqbolini modellab köraylik. Öylaymanki, özbekistonlik mehnat muhojirlarining yangi oqimi Rossiya va ozroq sonda Qozoğistonga yöl oladi. Bunga sabab YeOIIning kattaroq davlatlarida şaroit yaxşilanganidan emas, balki vatanda iş joylari keskin darajada qisqarişi böladi. Avvalgi maqolamizda aytilganidek, Rossiya içki bozorga öz mahsulotlari bilan kirib kelib, antimonopol xizmatimizning sustkaşligi tufayli demping orqali mehalliy işlab çiqaruvçilarni sindiradi. Natijada iş joylari keskin ravişda qisqaradi va sanoat rivojlanişi ildiziga bolta uriladi. Şu örinda, Özbekiston tovarlari ustidan Rossiya bozorlarida çeklov tahdidi heç qayerga ketmaydi, buni faktlar bilan avvalgi maqolada aytib ötganmiz.
YeOII davlatlarini (ayniqsa Rossiya) Özbekistondan özlari yetiştira olmaydigan tovarlar qiziqtiradi. Bu – paxta, meva-sabzavot va poliz ekinlaridir. Qişloq xöjaligi mahsulotlariga yöllar oçilişi yaxşi narsa. Lekin agroxöjalikning ayançli kamçiligi mavjud: u Özbekiston şariotida yangi iş örinlari yetarli darajada ösişini ta'minlamaydi. Qişloq xöjaligida bandlikning oşişiga qisqa muddatli mavsumlik xosdir.











