Hukumat paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni tasdiqladi

Vazirlar Mahkamasi paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni tasdiqladi. Bu haqda Norma yozmoqda.
Birinchidan, 2020 yil paxta hosilidan boshlab:
• Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarining ayrim tumanlarida 14 ta paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari isloh qilinadi;
• Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida 18 ta paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlarining ekin maydonlari kengaytiriladi.
To‘liq ro‘yxatlar hujjatga ilovada keltirilgan. Barcha ishlab chiqaruvchilarga sug‘oriladigan yer uchastkalari ajratiladi.
Ikkinchidan, yuqorida ko‘rsatilgan ishlab chiqaruvchilarning ba'zilariga paxta tozalash korxonalari hamda paxta tayyorlash punktlari tasdiqlangan ro‘yxatga binoan sotiladi. To‘lov baholash qiymati bo‘yicha 5 yil muddatda bo‘lib to‘lash bilan amalga oshiriladi. Ikki oy muddatda sotiladigan korxonalarning soliq qarzdorligi xatlovdan o‘tkaziladi va u oldi-sotdi shartnomasi hamda to‘lov jadvaliga asosan so‘ndiriladi.
Uchinchidan, kelgusi yilda paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun to‘qimachilarga Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kreditlar ajratiladi. Kuzgi agrotexnika tadbirlari Jamg‘arma tomonidan tijorat banklariga ajratiladigan kreditlar hisobiga amalga oshiriladi.
To‘rtinchidan, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan nazarda tutilgan shartlar va kafolatlar tatbiq etiladi:
• 2018 yil 25 yanvardagi 53-son (2, 4-8, 10 va 13-bandlari);
• 2018 yil 19 sentyabrdagi 744-son (4, 9 va 11-bandlari);
• 2019 yil 18 martdagi 230-son (2 va Z-bandlari).
Beshinchidan, ikki oy muddatda barcha paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasi hajmlarini majburiy tartibda hisobga olish va monitoringini yuritishning yagona avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqiladi. Tizim sinov tariqasida barcha tashkilotchilarga 2020 yil hosili xomashyosini qayta ishlash davridan boshlab joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

14:55 / 27.05.2025
Paxta va g‘allachilikda yuqori ko‘rsatkichlarga ega sub’yektlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

14:00 / 20.05.2025
Germaniya O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasida ishlayotgan ayol menejerlarni qo‘llab-quvvatlaydi

17:04 / 01.05.2025
AQSh O‘zbekiston paxta sanoatini moliyalashtirganini eshitgan Ilon Mask kulib yubordi

22:00 / 25.03.2025