Bemor ayolga şilqimlik qilgan şifokor ma’muriy jazoga tortildi.

Kun.uz tanişgan sud qarorida keltirilişiça, 1981 yilda tuğilgan Z.T. RŞTYoIM Toşkent viloyati filialida şifokor bölib işlagan. U 2025 yil 17 iyul kuni soat 19:00 larda Sergeli tumanida joylaşgan RŞTYoIM Toşkent viloyat filialida bemor S.A.ga şilqimlik qilgan.

Şifokor tibbiy körikdan ötkaziş maqsadida bemorning xonasiga kirgan. Bu paytda bemor xonada yolğiz bölgan. Bundan foydalangan şifokor ayolning kökragi va tanasining boşqa qismlaridan uşlab, unga şilqimlik qilgan.

Şifokor sudda aybiga iqror bölgan va qilgan işidan puşaymonligini, qilmişining oqibatlarini tuşunib yetganini bildirgan.

Jabrlanuvçi S.A. esa öz körsatmasida suddan şifokorga qonuniy çora körişni söragan.

“Davolaniş maqsadida şifoxonaga yotdim. Xonamda mendan boşqa heç kim yöq edi. 17 iyul kuni soat 19:00 larda şifokor Z.T. xonamga kirib, deraza va eşiklarni yopdi. Söngra kökragim va tanamning boşqa qismlaridan uşlab, yoqyaptimi deb söradi. Şok holatda bölganim uçun heç narsa qilolmadim. Şundan söng oila a’zolarimga murojaat qildim. Şifoxonadan ketmoqçi bölganimda boş şifokor ruxsat bermadi va xonamga 2-3 kişini joylaştirdi”, degan ayol.

JIB Sergeli tuman sudining qarori bilan Z.T. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (şahvoniy şilqimlik) huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topildi. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.