Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV Qamchiq dovonida YTHga uchragan Turkiya fuqarosiga yordam ko‘rsatdi
2019 yil 21 noyabr kuni soat 11:10 larda «Qamchiq» navbatchilik qismiga «Qamchiqavtoyo‘l» ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining navbatchi-dispetcheri tomonidan xabar kelib tushgan.
FVV xabariga ko‘ra, «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida harakatlangan Turkiya Respublikasi fuqarosi A.X. boshqaruvidagi yuk mashinasi «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 249-km.da boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan.
Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘lovchi tan jarohati olmagan.
Voqea joyiga tezkorlik bilan 11 va 12-nazorat postlari qutqaruvchilari hamda «Qamchiq» qutqaruv otryadidan qutqaruv guruhi yetib bordi.

Yuk mashinasini xandaqdan chiqarib olish uchun «Transyo‘lqurilish» kompaniyasining 50 tonnalik avtokrani, «Qamchiqavtoyo‘l»dan 1 ta yuklovchi (pogruzchik) texnikalari jalb etildi. Shundan so‘ng, yuk mashinasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatni davom ettirgan.


Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026