Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston-O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining tarkibini tasdiqladi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bugun yangi qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda Turkmenportal.
Qayd etilishicha, hujjat bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha Turkmaniston-O‘zbekiston qo‘shma komissiyasi tarkibining Turkmaniston tomoni tasdiqlandi.
Qaror «Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarni kengaytirish maqsadida» imzolangani aytiladi.
Bundan oldin, Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyurishi xabar qilingandi.
Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qiladilar hamda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilishining borishini ko‘rib chiqadilar.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026