Özbekistonda milliy malaka darajasi, professional standartlar jahon darajasida işlab çiqilsa, ma'lum bir talaba qaysidir mutaxassislikni egallagandan keyin u mehnat bozorida taxminan neça pul topişini oldindan biladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruv milliy agentligi qoşidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boşqaruv respublika oliy maktabi direktori Rustam Abduraupov Davlat boşqaruvi akademiyasida ötkazilgan «Yangilanayotgan jamiyatda yoşlarning ijtimoiy faolligi: muammo va yeçimlar» mavzusidagi konferensiyada aytib ötgan.
«Qaysi mutaxassislikni egallasa, kelajakda qança pul topişini oldindan bilgandan keyin hisob-kitob qilsa böladi. Şunda ta'limga sarflanadigan pullar xarajat sifatida emas, investitsiya sifatida qabul qilinadi.
Masalan, abituriyent Diplomatiya universitetiga kiradigan bölsa, bitirganidan keyin qança oylik oladigan bölişi, universitetda öqiş uçun sarflagan pulini neça yilda qaytarib olişini bila oladi. Butun dunyoda şunaqa. Bizdayam şu tizim joriy etilsa köplab muammolarga yeçim topiladi», deya Rasul Kuşerbayevning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mazkur masala yuzasidan prezident maslahatçisining birinçi örinbosari, Yoşlar ittifoqi raisi Alişer Sa'dullayev ham öz munosabatini bildirib ötdi.

«Nega xorijda ta'limga sarflanadigan xarajatga investitsiya deb qaraşadi? Bu orqali inson özining kelajakdagi oylik olişi, pul topişini belgilab olişi mumkin. Endi nega bu narsani Özbekistonda qila olmaymiz degan savol tuğilişi mumkin.
Kelinglar, şu tizimga ötaylik degan taklif mantiqan töğri. Xorijda ta'limga sarflanadigan pulga xarajat emas, investitsiya deb qaralaşining sababi u yerda oliy ta'lim tizimida xususiy sektor vakillari davlat sektori bilan judayam yaqin hamkorlikni yölga qöygan. Misol uçun, dunyoga maşhur Harvard, Stenford universitetlari, Massaçusets texnologiya instituti, Uorton biznes maktabi – hammasi xususiy. Dunyodagi TOP-10 röyxatiga kirgan universitetlarning aksariyati xususiy. Ular özining kontraktini özi mustaqil tarzda belgilaydi va universitetni bitirib çiqqandan keyin yiliga qança pul topişiga kafolat beradi. Bizda asosiy işni davlat ijtimoiy qöllab-quvvatlaş nuqtayi nazaridan qilgani uçun köp masalalar tuğiladi. Mana, bizdayam sekin-asta oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy şerikçilik tizimi yölga qöyilyapti. Bu hozirça boşlanğiç bosqiçlarda, men öylaymanki, ma'lum bir vaqtlardan keyin xususiy universitetlar soniyam köpayadi», deydi Alişer Sa'dullayev.
Sa'dullayevning ta'kidlaşiça, Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasida ham oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari, şuningdek investitsiyalarni jalb qilgan holda nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalari filiallari faoliyatini taşkil etiş orqali oliy ta'limda raqobat muhitini yaratiş közda tutilgan.
Yoşlar ittifoqi rahbari avvalroq JIDU kontrakti ikki barobar oşirilganiga munosabat bildirib, bu kabi muhim masalalar jamoatçilik, xususan, talabalar örtasida muhokama qilinmasligini tanqid qilgan edi.












