Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2018/19 öquv yili oldidan kontrakt tölovi ikki barobar oşirilgan edi. Talabalar bunga norozilik bildirişganida, kontrakt tölovi universitetni yangi turdagi ta'lim maskaniga aylantiriş, ilğor xorijiy tajribadan foydalangan holda mutaxassislar tayyorlaşning yuqori sifatiga erişiş maqsadida oşirilgani aytilgan edi.

20 noyabr kuni Davlat boşqaruvi akademiyasida ötkazilgan «Yangilanayotgan jamiyatda yoşlarning ijtimoiy faolligi: muammo va yeçimlar» mavzusidagi konferensiyada yuqoridagi mavzu eslab ötildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Xususan, oradan 1,5 yil ötgan bölsa-da, JIDUda jiddiy özgariş kuzatilmayotgani ta'kidlandi va spikerlardan mazkur masalaga yeçim topiş imkoni bor-yöqligi söraldi.

Savolga javob berarkan, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev ta'lim sohasida kontrakt miqdorini va stipendiya tölovini xohlagança özgartiriş amaliyoti borligi, bu – universitetlar yoki Oliy ta'lim vazirligining vakolatidagi masala ekanini ta'kidlab, xalqning oldida javob berişga kelganda ular çetda qolib ketişi, odamlarning savollariga qolganlar javob berişiga töğri kelişini aytdi.

Foto: Yoşlar muammolarini örganiş va istiqbolli kadrlarni tayyorlaş instituti

«Ta'lim tizimida moliyaviy masalalarda eksperimentlar qiliş töğrimas. Bu iş universitetlarning moliyaviy mustaqilligini ta'minlaş uçun qilinyapti, deyilayapti. Buning natijasida çetdan kelgan yoki oydan tuşgan odamlar emas, özimizning fuqarolarimiz qiynalayapti-da. Şuning uçun köpçilikka daxldor bölgan bunday işlarni amalga oşirişda bizni ham eşitişlari kerak.

Köpçilik qarşi bölsayam, nasib qilib bölsa-da bu masalani qonunçilikka ham olib kiramiz. Ma'lum bir kriteriyni belgilab, kontrakt summasini mana şundan oşirmaysan yoki stipendiyaning minimum miqdorini mana bunçadan tuşirmaysan, degan talabni qonun bilan belgilab qöysak, toki vazirlik yoki universitetlar öz bilganini qilmasin, deyapmiz.

Hozir ham stipendiya masalasida işlayapmiz, mana, Alişer akaning ham xabari bor. Vakolatimiz doirasida harakat qilyapmiz. Lekin bitta kamçiligimiz bor: parlament juda köp masalalar böyiça vakolatlarni qonun bilan boşqa organlarga berib yuborgan. Endi buni qaytarib oliş vaqti keldi», – dedi deputat.

Kuşerbayevga köra, «tariximizning ma'lum bir davrida şu narsalar talab qilingan bölsa, bugunga kelib köp narsa özgargan, demokratik islohotlar yangi bosqiçga çiqişi jarayonida parlament lokomotiv bölişi kerak».

Mazkur masalaga prezident maslahatçisining birinçi örinbosari, Yoşlar ittifoqi raisi Alişer Sa'dullayev munosabat bildirdi.

«Bu savolga javob yöq. Rasul aka bilan birgalikda bu savolga javob qidirib yuribmiz. Eng açinarlisi – bu kabi muhim masalalarning jamoatçilik örtasida muhokama qilinmasligidir.

Foto: Yoşlar muammolarini örganiş va istiqbolli kadrlarni tayyorlaş instituti

Qandaydir yangilikni amaliyotga tatbiq qilişdan oldin joriy qilinayotgan özgarişlar ta'siriga tuşuvçilardan fikr söralmaydi. Stipendiya masalasiniyam, kontraktlar oşişi masalasiniyam balki qandaydir hujjatlar, rejalar, maqsadlar bilan asoslab beriş mumkindir. Ya'ni universitetlarni mustaqil qilamiz, buning uçun şu bosqiçga çiqişimiz kerak, diplomat puli yöq bölsa, budjetga kirsin, puli bölmasa, bu yerda öqişi şartmas, degan javobniyam berişlari mumkin. Lekin bu kabi özgarişlar avval albatta jamoatçilik muhokamasiga qöyilişi, qandaydir yangilik joriy etilişidan oldin unga odamlar tayyorlanişi şart.

Stipendiya masalasida bildirgan eng katta e'tirozimiz ham bu masalaning heç qanaqa muhokama qilinmaganidir. Bu nima uçun bunday qilinyapti, bu qarorga nima sabab böldi, heç qanaqa izoh berilmagan.

Stipendiya masalasida ijtimoiy tarmoqlarda töpolon boşlanganidan söng Yoşlar ittifoqi, Rasul Kuşerbayev mazkur masalani kötarib çiqişgan. Oliy ta'lim vaziri Yoşlar press-klubiga çaqirilgan», – deydi Sa'dullayev.

YoI yetakçisining aytişiça, odamlarga daxldor özgarişlar qilişdan oldin ularning fikrini örganiş kerak.

«Har qanday ezgu maqsad közlanmasin, odamlarning fikrini örganmasdan ularning hayotiga daxldor özgarişlarga qöl urilmasligi kerak. Bu – mening pozitsiyam va barçani şunga çaqiraman», – dedi Alişer Sa'dullayev.

Eslatib ötamiz, oliy ta'lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasiga asosan respublikadagi barça OTMlar bosqiçma-bosqiç öz-özini moliyalaştiriş tizimiga ötkaziladi.