O‘zbekiston | 14:49 / 24.11.2019
3608
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi Islom hamkorlik tashkilotining yubiley yig‘ilishida ishtirok etadi

Foto: TIV matbuot xizmati

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya 25 noyabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Yusuf al-Usaymin va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal Ol Saudning taklifiga binoan O‘zbekiston delegatsiyasi 25 noyabr kuni Jidda shahrida IHT tashkil etilganligining 50 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan “Tinchlik va taraqqiyot uchun birlashish” shiori ostidagi tantanali yig‘ilish va tadbirlarda ishtirok etadi.

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid