Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlin Xitoyni Shinjon-Uyg‘ur muxtor okrugiga ekspertlar kirishiga ruxsat berishga chaqirdi
Foto: Kevin Frayer / Getty Images
Germaniya Shinjon-Uyg‘ur muxtor okrugida inson huquqlarining ehtimoliy buzilishi to‘g‘risidagi xabarlardan tashvishda va Pekindan hududga BMT ekspertlari kiritilishini so‘raydi. Bu haqda GFR tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Adebar ma'lum qildi.
"Biz qayta tarbiyalash lagerlari deb nomlanuvchi joylarda bo‘lgan millionga yaqin uyg‘urlar bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risidagi xabarlarni katta xavotir bilan kuzatmoqdamiz. Biz Xitoydan inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash va u yerga BMTning inson huquqlari bo‘yicha komissari hamda xalqaro ekspertlar kirishini ta'minlashini talab qilamiz", - dedi u.
Germaniya vazirlar mahkamasi rasmiy vakili Shteffen Zaybert Shinjon-Uyg‘ur muxtor okrugida faoliyat ko‘rsatayotgan nemis kompaniyalari to‘g‘risidagi savolga javob berarkan, Xitoyga nisbatan sanksiyalar kiritilmagani sababli kompaniyalar qanday qarorga kelishni o‘zlari hal qilishini aytdi.
Huquqni himoya qilish tashkilotlari va G‘arb davlatlari XXRning Shinjon-Uyg‘ur muxtor okrugi aholisiga nisbatan harakatlarini muntazam tanqid qilib keladi. 2018 yil avgustda BMt ekspertlari 1 millionga yaqin etnik uyg‘urlar "qayta tarbiyalash lagerlari"da bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
19:31
Xitoy armiyasi rahbariyatidagi tozalash: bu nimani anglatadi?
14:27
Hamburgda “Shimoliy oqim” ishi bo‘yicha gumonlanuvchining shikoyatlariga javob berildi
18:28 / 03.02.2026
Xitoy xavfsizlik nuqtai nazaridan barcha elektromobillarda yashirin eshik tutqichni taqiqladi
14:48 / 03.02.2026