O‘zbekiston | 10:28 / 25.11.2019
3358
2 daqiqa o‘qiladi

Hududiy investitsiya siyosatini olib borishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining roli kuchaytiriladi

Qonunchilik palatasida investitsiya faoliyatini tartibga solish bo‘yicha samarali investitsiya siyosatni amalga oshirilishga qaratilgan - “Investitsiyalar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda.

Investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga keng imkoniyatlar berish, ularni himoya qilishdagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohaning rivojlanishida muhim omil bo‘ladi, deyiladi parlament saytida.

Mazkur qonun loyihasi 2019 yil 21 noyabr kuni parlament quyi palatasining majlisida birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ma'qullangan. Norma ijodkorligi talablaridan kelib chiqib, loyihadan havolaki normalar chiqarilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan moddalar kiritilyapti. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar ishchi guruhi tomonidan atroflicha tahlil qilinib, qonun loyihasiga singdirilmoqda. Ularning asosiy mazmun va mohiyati: O‘zbekistonda qulay va jozibador investitsiyaviy muhit yaratish hamda ularga qonuniy tus berishdan iborat.

Qonun loyihasining qabul qilinishi mahalliy va xorijiy investorlar uchun teng sharoitlar yaratish, sohada amaldagi qonunchilikda mavjud bo‘lgan nomutanosibliklarning oldini olish, byurokratik to‘siqlarga barham berish, investorlar bilan ishlash va barcha aloqador davlat tuzilmalarining ishlarini “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha muvofiqlashtirish, hududiy investitsiya siyosatini olib borishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rolini kuchaytirishga sharoit yaratib beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid