Jahon | 17:00 / 26.11.2019
12348
1 daqiqa o‘qiladi
Estoniya prezidenti «Rossiya tajovuzi»ga qarshi birlashishga chaqirdi
Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd Rossiyaga qarshi "kurash"da Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. U bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan o‘tkazilgan brifingda aytdi.
"Bu o‘zaro nizo emas, bu yerda bir mamlakat bosqinchi, ikkinchisi qurbon bo‘lgan tajovuz bor. Biz Qrimning qisman bosib olinishiga duch keldik", — dedi Estoniya prezidenti.
Moskva va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar Donbassdagi vaziyat va Qrimning qo‘shib olinishidan so‘ng yomonlashgandi. Ukraina hukumati Rossiyani mamlakat ichki ishlariga aralashishda aybladi. 2015 yilda Rada Rossiya "tajovuzkor davlat" deyilgan bayonotni qabul qildi.
Mavzuga oid
21:41 / 08.11.2024
Kiyevga hujum vaqtida Rossiya droni Estoniya elchisi yashaydigan uyga kelib urildi
23:37 / 17.10.2024
Estoniya qrimtatarlarning deportatsiyasini genotsid deb tan oldi
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024