Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda «Nolegal» tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi hamda Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi kelishuvlarga asosan, joriy yilning 18-22 noyabr kunlar hamkorlik doirasida Qozog‘iston Respublikasining Nur-Sulton, Olma-ota va Chimkent shaharlarida “Nolegal” nomli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Ichki ishlar vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi, Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi va Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi xodimlari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi elchixonasi konsullik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirlar natijasida, O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashirinib yurgan 3 nafar xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxsning yashirinib yurgan manzillari aniqlanib, qo‘lga olindi.
Migratsiya qonunchiligini buzgan 6 nafar (1 nafar Qozog‘iston Respublikasi Davlat chegarasini qasddan noqonuniy kesib o‘tish, 1 nafar noqonuniy migratsiyani tashkil etish, 4 nafar sud hukmi, sud qarori yoki boshqa sud hujjati yoki ijro varaqasi ijro etilmasligi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi jinoiy jazoga tortilgan bo‘lib, chet el fuqarolarini ishchi kuchidan foydalanish qoidalarini buzgan 56 nafar Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi (ish beruvchi)ga nisbatan ma'muriy javobgarlik belgilandi.
Shuningdek, 186 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Qozog‘iston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun fuqarolarimizga majburiy tartibda davlatdan chiqib ketish bo‘yicha sud tomonidan ajrim chiqarildi hamda 427 nafar shaxsning Qozog‘iston Respublikasida bo‘lish muddati qisqartirildi.

Tadbirlar davomida aniqlangan 2088 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan mazkur davlatda bo‘lish tartib qoidalarini buzmaslik yuzasidan va qonunchilikka amal qilishi bo‘yicha alohida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan Nur-Sulton, Olma-ota va Chimkent shaharlarida joylashgan xorijiy fuqarolarni vaqtincha ushlab turish markazlarida saqlanayotgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan jami 218 nafar fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ular orasidan yordamga muhtoj bo‘lganlarga vatanga qaytarish bo‘yicha chora tadbirlar belgilandi.
Tadbirlar davomida, Qozog‘iston Respublikasi IIV bilan ikki davlat o‘rtasidagi “readmissiya” haqidagi kelishuviga asosan, xorijiy fuqarolarni vaqtincha ushlab turish markazlarida saqlanayotgan va majburiy mehnat ekspluatatsiyasiga tushib qolgan hamda turli sabablarga ko‘ra vatanga qaytib kela olmayotgan 83 nafar (23 nafari qaytarildi) fuqarolarga nisbatan hech qanday qonuniy choralar ko‘rilmasdan Qozog‘iston Respublikasi hududidan chiqarib yuborishga kelishildi.
Shu bilan birga, Chimkent shahri va Turkiston viloyatida joylashgan “Samal va Sariagash” nomli xalqaro avtovokzallarda, Rossiya davlatiga chiqib ketadigan avtotrassalarda turli xil noxush holatlar sodir etilishini oldini olish (ob-havo sharoiti yomonlashganligi sababli) maqsadida, avtobus haydovchilari va yo‘lovchilar orasida profilaktik-ogohlantiruv ishlari o‘tkazildi.
Hozirgi kunda, Qozog‘iston Respublikasi hududida ikki davlat IIVlari va “Sana-Sezim” jamoatchilik fondi ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida, 23 nafar qiyin ahvolga tushib, ayrimlari esa majburiy mehnat ekspluatatsiyasiga tushib qolgan hamda 10-15 yil davomida vatanga qaytib kelolmayotgan fuqarolarga, Qozog‘istondagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi “Vatanga qaytish guvohnomasi” konsullik to‘lovlardan ozod etilgan holda rasmiylashtirilib, Tashqi mehnat migratsiya agentligi ko‘magida “Olma-ota – Toshkent” aviareysi bilan (aviachipta olib berilib) olib kelinishiga erishildi.
Mazkur fuqarolarga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi binosida tibbiy (rentgen tekshiruv, qon analizlari tekshiruvi, turli yuqumli kasalliklarga tekshiruv), psixologik va yuridik yordamlar ko‘rsatilib, yashash manzillariga yetib olishlari uchun eng kam ish haqining bir baravari miqdorida pul mablag‘lari ajratildi.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026