Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy eng yangi qit'alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazdi
Xitoy bir nechta yadroviy kallak tashishga qodir DF-41 (Dunfen-41) eng yangi qit'alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. Bu haqda The Washington Times xabar berdi.
Nashr manbasining ma'lum qilishicha, sinov 22 noyabr kuni o‘tkazilgan va 2018 yil maydan buyon ilk bor sinovdan o‘tkazilgan DF-41 bo‘lgan.
Amerika razvedkasi Pekinda 1 oktyabrda bo‘lib o‘tgan paradda ushbu raketa namoyish etilganidan kelib chiqib, u allaqachon shay holga keltirilgan deb hisoblamoqda. O‘shanda 16ta DF-41 mobil majmuasi namoyish etilgandi.
Mart oyida AQSh qurolli kuchlari admirali Filipp Devidson Xitoy DF-41 ballistik raketalarini sinovdan o‘tkazishda davom etayotganini bildirgandi.
AQSh harbiy tahlilchilarining so‘zlariga ko‘ra, DF-41 oltitadan o‘ntagacha yadroviy kallak tashiy oladi. Xitoyning avvalgi yadroviy raketalari faqat bitta jangovar kallak bilan jihozlanishi mumkin edi.
Mavzuga oid
18:33 / 13.07.2026
Bigme ikkita ekranli HiBreak Dual 2 smartfonini taqdim etdi
08:50 / 13.07.2026
Xitoy energiya sohasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi
23:59 / 12.07.2026
Xitoyliklar telefonlaridan ko‘ra elektromobillarini tezroq yangilashmoqda
00:34 / 12.07.2026