Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha Speedtest Global Index reytingida 7 o‘rin pastladi
Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servis 2019 yilning oktabr oyi yakunlariga taalluqli ma'lumotlarni e'lon qildi. Unda jahondagi davlatlarda mobil va simli internet tezligi taqqoslab chiqilgan.
O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 141 davlat ichida 136-o‘rinda qayd etilgan — Internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 9,48 Mb/soniya, yuklash tezligi esa 5,73 Mb/soniya. Bu borada ko‘rsatkich sentabr oyiga nisbatan 7 o‘ringa pastlagan.
Simli internet borasida O‘zbekiston 176 davlat orasida 119-o‘ringa joylashtirilgan — Internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 18,90 Mb/soniya, yuklash tezligi esa 19,27 Mb/soniya.
MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari ichida mobil internet tezligi bo‘yicha Litva — 19, Estoniya — 26, Moldova — 41, Latviya — 56, Armaniston — 57, Ozarboyjon — 60, Gurjiston — 66, Ukraina — 88, Rossiya — 91, Qozog‘iston — 99, Qirg‘iziston — 106, Belarus — 118, Tojikiston — 132-o‘rinda joylashtirilgan.

Hozircha internetning o‘rtacha bahosini bildiruvchi Worldwide mobile data pricing reytingi o‘tgan yildan buyon yangilanmasdan turibdi. 2018 yil noyabr oyiga asoslangan ma'lumotlarga ko‘ra, tadqiqotchilar O‘zbekistonni 230 davlat ichida 69-o‘ringa joylashtirishgan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026