Bugun, 28 noyabr kuni, Xalqaro anjumanlar saroyida «XXI asrda gender va yoşlar masalalari böyiça hamkorlikni rivojlantiriş» mavzusida forum bölib ötdi. Uşbu xalqaro tadbirda xorijiy va mahalliy ekspertlar gender tengligiga erişiş muammolari, yoşlarga oid qator masalalarni hal qiliş böyiça özaro muhokamaga kirişişdi. Tadbirda nogironligi bölgan fuqarolarni ijtimoiy hayotga moslaştiriş borasida qilinayotgan harakatlar töğrisida ham axborot berildi. Nogironligi bölgan bolalar va yoşlar respublika markazi rahbari Ra'no Şodiyeva bu yönalişdagi qator muammolarni sanab ötdi.
«Özbekistonda nogironligi bölgan şaxslar uçun imkoniyatlar kölami kengayib bormoqda. Jamoat joylari, binolar, jamoat transportlari nogironligi bölganlar yurtdoşlarimiz uçun qulay qurilmoqda, jihozlanmoqda. Hozirgi kunda nogironligi bölgan fuqarolar 710 ming nafarni taşkil qilyapti. Ulardan 101 ming 316 nafari bolalar va 300 mingdan ortiği ayollardir. Nogironligi bölganlar çeklangan ijtimoiy infrastruktura, jumladan, ma'lumot oliş imkoniyati, işga joylaşiş borasida diskriminatsiya bilan tez-tez töqnaş kelişadi. Şu qatorda, jamoatçilik stereotipi, ta'lim oliş, qaror qabul qilişdagi çeklovlar şunga misol böloladi.
Bu yil BMTning «Nogironlar huquqlari töğrisida»gi Konvensiyasini Özbekiston hukumati imzolaganiga 10 yil töladi. Ayni vaqtda uşbu hujjatni ratifikatsiya qiliş jarayoniga tayyorgarlik körilmoqda. Konvensiyaning realizatsiyasi nogironligi bölgan şaxslarga öz imkoniyatlarini töla oçib berişga, ijtimoiy hayotga moslaşuviga kömak beradi. Inklyuziv ta'lim-tarbiyani rivojlantiriş orqali yuqoridagi muammolarni hal qiliş mumkin.
Fikrimça, inklyuziv ta'lim töğrisidagi qonunni işlab çiqiş vaqti keldi. Inklyuziv ta'limning maqsadi har bir inson teng huquqlilik asosida bilim oliş imkoniyatini yaratişdir. 2018 yilda OTMlarida nogironligi bölgan şaxslar uçun 2 foiz qabul kvotasi ajratildi. 2019 yilda 1 ming 350 nafar nogironligi bölgan şaxslar talaba böliş imkoniyatiga erişişdi. Nogironligi bölgan şaxslarni iş bilan ta'minlaşda respublika böylab 3 foizlik kvota ajratilgan. Atigi 2 foiz nogironligi bölgan fuqarolar iş bilan ta'minlangan», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şodiyevaning qöşimça qilişiça, nogironligi bölgan yoşlarni iş bilan ta'minlaş böyiça davlat dasturi işlab çiqilişi zarur. Ularga nisbatan jamiyatni rivojlantirişda muhim rol öynovçi resurs sifatida qaraşni şakllantiriş lozim.








