Har yili 13 noyabr kuni dunyo miqyosida Butunjahon közi ojizlar huquqlarini himoya qiliş kuni nişonlanadi. Uşbu sana munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi mamlakatda körişida nuqsoni bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot berdi.
Rasmiy raqamlarga köra, 2025 yil 1 noyabr holatiga respublika böyiça közi ojiz nogironligi bölgan şaxslar umumiy soni 25 558 nafarni taşkil qiladi.
Köriş imkoniyati çeklangan fuqarolar uçun infratuzilmani moslaştiriş, ularning jamoat hayotida tölaqonli iştirokini ta’minlaş maqsadida bir qator çora-tadbirlar amalga oşirilgan.
Jumladan:
- 340 ta ijtimoiy, aholiga xizmat körsatiş va tijorat obektlarida tösiqsiz muhit yaratildi, taktil qoplamalar örnatildi;
- barça hududlarda 18 ta gavjum çorrahada va qöşimça 753 ta svetoforda ovozli signal qurilmalari joriy etildi;
- respublika böylab közi ojiz va zaif köruvçi 3 171 nafar öquvçi 17 ta maxsus maktabda ta’lim olmoqda.
2025 yilning ötgan 10 oyi davomida köz böyiça jami 7 756 nafar muhtoj şaxs quyidagi reabilitatsiya vositalari bilan imtiyozli ta’minlangan:
- köz olmasi protezi – 115 ta;
- közi ojizlar hassasi – 4 835 ta;
- Brayl alifbosi – 101 ta;
- Brayl alifbosi uçun yozuv moslamasi – 111 ta;
- ovozli tonometr – 3 588 ta;
- ovozli termometr – 3 243 ta;
- ovozli glyukometr – 162 ta.
Şuningdek, köz böyiça nogironligi bölgan 13 472 nafar fuqaro adaptiv sportning şaxmat, şaşka, golbol, 5x5 futbol va boşqa turlari bilan muntazam şuğullanmoqda.
Taşkilot va mutaxassislar ta’kidlaşiça, tösiqlar, avvalo, jismoniy emas, balki jamiyatning munosabati va yondaşuvida namoyon böladi. Inklyuziv jamiyat barpo etiş, köriş imkoniyati çeklangan insonlar hayoti uçun barobar şaroit yaratiş – barça uçun umumiy vazifadir.

















