Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV tizimida necha nafar sobiq xodim xizmatga qayta qabul qilingani ochiqlandi
IIV tizimida sobiq xodimlarning 200 nafarga yaqini xizmatga qayta qabul qilindi. Bu haqda 28 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan “Ichki ishlar organlarining fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash faoliyati to‘g‘risida” mavzusidagi matbuot anjumanida aytib o‘tildi.
Tadbirda mas'ul shaxslarga sobiq ichki ishlar organlari xodimlarining murojaatlari asosida ularning necha nafarining xizmatga tiklanishi ta'minlangani yuzasidan savol berildi.
Javobda aytilishicha, ichki ishlar organlari safida xizmat qilgan sobiq xodimlarning ichki ishlar organlari xizmatiga qayta tiklash masalasidagi murojaatlarini o‘rganish davomida ularni xizmatdan bo‘shatilishiga sabab bo‘lgan holatlar batafsil o‘rganib borilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
“Shu bilan birga, turli sabablar bilan asossiz javobgarlikka tortilgan deb topilib, ular bo‘yicha oqlov hukmlari chiqarilgan va hozirgi vaqtda ichki ishlar organlari oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajara olishi mumkin deb hisoblangan sobiq xodimlarning 200 nafarga yaqinining ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinishi ta'minlandi”, - deya javob berishgan IIV mas'ul shaxslari.
Mavzuga oid
17:29 / 09.07.2026
Haydovchilar pasport yo guvohnoma ko‘tarib yurish majburiyatidan qachon xalos bo‘ladi?
14:18 / 08.07.2026
Toshkentda yirik kiberjinoyatchilar guruhi qo‘lga olindi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026