15:00 / 29.11.2019
12924
Reklama

LG Vivace kir yuvish mashinasi: aqlli va tejamkor!

Foto: LG

«Xasis ikki barobar to‘laydi» – bu mashhur maqol hammamizga juda yaxshi tanish. Tejash maqsadida biz arzon narsalarni sotib olamiz, lekin ming afsuski, ular tezda ishdan chiqadi. Gadjetlar, kiyim-kechak, texnika – bizning kundalik hayotda doimo foydalanadigan standart ehtiyojlarimiz jamlanmasidir. Zamonaviy hayotning bu zaruriyatlarning yaxshi tushungan holda LG kompaniyasi mutaxassislari nafaqat kiyimlaringiz umrini uzaytiradigan, balki eng muhimi – vaqtingiz va pulingizni tejaydigan noyob kir yuvish mashinasini yaratishdi.

Birinchi yuvishning o‘zidayoq shu vaqtgacha xizmat qilgan barcha modellarga nisbatan kir yuvish mashinasining yangi avlodi  LG Vivace'ning afzalliklarini baholay boshlaysiz. Uning eng asosiy afzalligidan biri AI DD sun'iy intellekti mavjudligidadir. Aynan u mashinani mustaqil ravishda kiyimlarni o‘lchab, solingan matoning turini aniqlagan holda kir yuvish rejimini tanlaydi. Baraban aylanmasining individual rejimi va tebranish darajasini pasaytiruvchi mukammal amortizator tizimi kiyimlarning yaroqsizlantirish ehtimolini 18 foizga kamaytiradi. Bu esa kelasi mavsumgacha yangi libos, kiyimlar to‘plamini sotib olish yoki xona uchun mos keladigan parda topishga hojat yo‘qligini bildiradi. Shuningdek, barabanning innovatsion modeli odatdagidan ko‘ra ko‘proq kiyimlarni sig‘dira oladi! Shu bilan birga mashina korpusi avvalgidek qoladi, xarid esa bunga muvofiq, istalgan uyda o‘ziga joy topa oladi.  

Yuvish texnologiyasi mayda qismlarigacha puxta o‘ylab chiqilgan. LG'ning TurboWash 360 funksiyasi bor-yo‘g‘i 39 daqiqa ichida kir yuvishni ta'minlab beradi, 3D-nasadka va to‘rt yo‘nalishli purkagich matolarni millimetrigacha tozalaydi, Steam+ texnologiyasi kuchli bug‘lash yordamida 99,9 foizgacha turli allergenlardan xalos etadi va g‘ijimlarni tekislaydi, bu kabi imkoniyatlar esa LG Vivace'ni kichik bolajonlar bor uyda eng yaxshi dastyorga aylantiradi.

Agar sizga 10 kilogrammli yuk kamlik qilsa, qo‘shimcha mini-barabanli LG Vivace mashinasini sotib olishingiz mumkin. Bu – asosiy kir yuvishga ayrim kiyimlarni solishni tez-tez unutib qo‘yadiganlar uchun juda ham zarur vosita. Elektr quvvatiga ketadigan xarajat o‘zgarmaydi, vaqt va pulni tejash esa – mutlaqo ortadi.

Va albatta, tort ustidagi olcha (uning izlarini siz ham osonlik bilan yuva olasiz) – kir yuvish mashinasini SmartThinQ ilovasi orqali o‘z smartfoningizdan boshqarish imkoniyatidir. Qo‘lingizning bitta harakati orqali siz yangi kirni yuvishga qo‘yishingiz, diagnostika o‘tkazishingiz, yuvish jarayonini kechiktirishingiz va boshqa ko‘plab funksiyalarni amalga oshirishingiz mumkin.  

LG mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qiling:

  • «Fleshka» texnobozori (sobiq «Malika» fabrikasi);
  • «Ipak Yo‘li» bozori (sobiq «Abu-Saxiy»);
  • MEDIAPARK Bozori tarmoqlari (+998 71 203 33 33);
  • «GOODZONE» do‘konlari tarmog‘i (+99871 207 03 07);
  • «Next» SKMdagi LGning rasmiy do‘koni (+99895 143 00 03).

Servis xizmatlari masalalari bo‘yicha esa, iltimos, LG xaridorlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting: 0800 120-22-22. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqam bepul. Muhim: raqamni to‘liq terish lozim.

LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook: fb.com/LGUzbekistan

Instagram: @LGUzbekistan

Telegram: t.me/lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top