Me'da qaynaşi nima va uning alomatlari qanday?

Me'da qaynaşi (jiğildon qaynaşi, zarda) — oşqozon içidagilar qizilöngaçga yetganda sodir böladigan jarayon. Oşqozonda kislotali me'da şirasi mavjud. U ovqatni hazm qiliş uçun kerak. Uşbu şarbatning ma'lum bir qismi qizilöngaçgaça yetganda yoqimsiz kuyiş, açişiş hissi paydo böladi. Aytiş mumkinki, qizilöngaç oşqozon kislotasini yondirib yuboradi. 

Odatda oşqozon tarkibidagi moddalarni uning maxsus klapani (sfinkter) taşqariga çiqarmaydi. Ammo ba'zida uning faoliyatida uzilişlar yuz berişi mumkin. 

Oşqozondan qizilöngaçga kislotaning kirib borişi gastroezofageal reflyuks deb ataladi, xalq tilida esa jiğildon qaynaşi deb yuritiladi.

U kökrak qafasi örtasida yoniş hissi va oğizda yoqimsiz nordon ta'm sezilişi bilan namoyon böladi. Egiliş yoki yotiş holatida yanada kuçayadi. Ba'zida hiqiçoq, oğizdan noxuş hid yoki qorin sohasida noqulaylik bilan birga keçadi. 

Me'da qaynaşi nega paydo böladi?

Jiğildon qaynaşi vaqti-vaqti bilan har bir odamda kuzatilib turadi. Bu unçalik ham dahşatli holat emas. Ehtimol, yoqimsizlik kuzatilar. Quyida zarda qaynaşini qözğatuvçi ba'zi omillarni keltiramiz: 

  • Ovqat va içimliklar. Masalan, qahva yoki gazli suv, yoğli va aççiq taomlar. 
  • Homiladorlik. Hatto şunday atama ham bor - homilador ayollardagi me'da qaynaşi. Bu ayollarda ösayotgan baçadon tufayli organlarning joylaşuvi özgarişi bilan boğliq. 
  • Vazn orttiriş, çekiş va alkogol. Ha, bu uçala zararli odatlar jiğildonga ham ta'sir körsatadi. 
  • Ba'zi dori vositalari. Agar dori-darmonlarni qabul qiliş natijasida zarda kuzatilsa, şifokoringiz bilan gaplaşing. U dori vositasini muqobiliga almaştirişi yoki jiğildon qaynaşidan xalos böliş uçun qöşimça dori vositasini yozib berişi kerak. 
  • Stress va xavotirga beriliş.

Me'da qaynaganda nima yordam beradi?

Birinçidan, ovqatlaniş odatlarini özgartirişingiz kerak. Kamroq va tez-tez taomlaning, şunda kiçik qismlar «ortga qaytib çiqmaydi». Soğlom ovqatlanişga amal qiling va qahvaga boğlanib qolmang.

Ikkinçidan, uni keltirib çiqargan omillardan xalos bölişimiz lozim. Masalan, vazn yöqotişni boşlang va çekişni taşlang.