Bugungi kunda oşqozon va ön ikki barmoqli içak yarasidan köpçilik aziyat çekadi. Asosan 20-40 yoş atrofidagi insonlarda uçraydigan uşbu xastalik sönggi vaqtlarda hatto maktab yoşidagi öğil-qizlarda ham köp kuzatilmoqda.
Xöş, bunga sabab nima? Uşbu kasallikdan qanday saqlaniş mumkin?
SSV matbuot xizmatining şu kabi savollariga tibbiyot fanlari doktori, professor Feruza Hamrabayeva javob berdi.
— Oşqozon va ön ikki barmoqli içak yarasi — surunkali, qaytalanuvçi va remissiya davrlari almaşinib keluvçi xastalik bölib, uning kelib çiqişiga, eng avvalo, tartibsiz va nosoğlom ovqatlaniş sabab böladi, — deydi şifokor.
— Ya’ni öz vaqtida taomlanmaslik, şilliq qavatga salbiy ta’sir etuvçi hamda oşqozon şirasi işlab çiqarilişini kuçaytiruvçi aççiq, dudlangan, xamirli taomlar, pişiriqlar, quruq va sovuq yeguliklarni haddan ziyod köp iste’mol qiliş, böyoqli va gazli hamda qahva kabi içimliklarni me’yoridan ortiq içiş uşbu kasallikni yuzaga keltiradi.
Qolaversa, irsiy moyillik, Helicobacter pylori infeksiyasi, me’da şirasining köp miqdorda işlab çiqarilişi, ayrim dori vositalarini nazoratsiz va uzoq muddat qabul qiliş, asabiylaşiş, stress, çekiş, spirtli içimliklar içiş va tuğma nuqsonlar ham bunga sabab bölişi mumkin.
Dard zörayganda, bemor, asosan, oğriqdan şikoyat qiladi. Oşqozonning orqa devori va kardial qismi yaralarida oğriq ovqat iste’mol qilgandan keyin yuzaga keladi. Ular simillovçi xarakterda bölib, köp hollarda töş orti va yurak sohasida kuzatiladi. Alkogolli içimliklar va aççiq oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qiliş yoki jismoniy oğir işlarni bajarganda oğriq yanada kuçayadi.
Şu bilan birga, iştahaning pasayişi, köngil aynişi, jiğildon qaynaşi, qorin dam bölişi, kekiriş, oğiz böşliğida aççiq yoki nordon ta’m sezilişi kabi belgilar ham uşbu kasallik alomati bölişi mumkin.
Xastalik yaraning joylaşişi, ölçamlari, çuqurligi, oşqozonning sekretor faoliyati, bemor yoşiga boğliq holda turliça keçadi.
Uni faqat dori-darmon bilangina davolab bölmaydi. Aksinça, kasallikka yondaşuv kompleks tarzda bölişi, xususan, bemorning umumiy ahvoli va şikoyatlarini atrofliça örganiş zarur. Şundan söng şifokor tavsiyasi bilan endoskopik tekşiruv, oşqozon traktini rentgenogramma orqali köriş, Helicobacter pylori infeksiyasini aniqlaşga doir qon tahlillari ötkaziladi.















