Jiğildon qaynaşi haddan taşqari köp kuzatilsa, bu oşqozon saratonidan dalolat berişi ham mumkin. Şu bilan birga, şör mahsulotlar va qizil göştni me'yordan ortiq iste'mol qiliş uşbu kasallik xavfini oşiradi. "Ortodoks" tibbiy portali şu haqida ma'lum qildi. 

Afsuski, oşqozon saratoni köpinça oxirgi bosqiçlarida aniqlanadi, bunday holatlarda esa bemorning şifo topişi juda qiyin. Bu kasallikning ilk bosqiçlarini farqlaş qiyinligi bilan boğliq, köpçilik ularga jiddiy e'tibor bermaydi. Biroq bulardan biri jiğildonning köp qaynaşidir. 

Britaniyalik olimlarning ta'kidlaşiça, agar insonning har ovqatlanganidan keyin jiğildoni davomli qaynasa, gastroenterologga uçraşiş foydadan xoli bölmaydi. 

Oşqozon saratonining boşqa belgilari qorin sohasidagi oğriqlar, hatto ozgina taom iste'molidan keyin ham töqlik hissi kuzatilişi, şuningdek yutinganda qizib ketiş hisoblanadi.

Axlatda qon paydo bölişi, köpinça ovqatning hazm bölmasligi va kutilmaganda nafas siqişi kabi belgilar kuzatilsa, darhol şifokorga uçraşiş zarur. 

Oşqozon saratoni rivojlaniş omillariga şör taomlar, spirtli içimliklar hamda qizil göştning me'yordan ortiq iste'moli va jismoniy harakatlarning yöqligi kiradi. Oşqozon saratoni uşbu organning har qanday sohasida boşlanişi mumkin, biroq davolaniş köpinça ösimta joylaşgan joy va uning hajmiga boğliq. Oşqozon saratoni rivojlaniş xavfi yuqori bölgan guruhga erkaklar, köp tamaki çekuvçilar va 75 yoşdan oşgan kişilarni kiritiş mumkin. 

Oşqozon saratoni asosan jarrohlik operatsiyalari, kimyo terapiyasi, nurlantiriş hamda bioterapiya yordamida davolanadi. Kiçik ösimtalarni jarrohlik yöli bilan olib taşlaş mumkin, biroq kattaroqlari kompleks davolaşni talab qiladi.