Şifokorlar tomonidan noyob va öta murakkab operatsiya amalga oşirilib, oğir ahvoldagi 5 yoşli bolaning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, u tasodifan kaustik soda işqorini yeb yuborgan, oqibatda qizilöngaçning çandiqli torayişi yuzaga kelib, vaqt ötişi bilan mutlaqo ovqatlana olmaydigan holatga tuşgan. Ota-ona farzandini xorijda davolatişga qaror qilgan. Ammo xorijdagi amaliyot vaqtida qizilöngaç oşqozon hisobidan qayta şakllantirilib, oşqozon yuqoriga kötarilgan holda qizilöngaç qoldiğiga ulangan. Bu esa yangi transplantantning yurakka bosim ötkazişiga va uni siqib qöyişiga olib kelgan.

Şundan söng, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi jarrohlari murakkab operatsiyani amalga oşirib, oşqozonni qayta joylaştirib, yöğon içakdan yangi qizilöngaç şakllantirilgan.

«Tibbiyot fanlari doktori, professor Habibulla Oqilov boşçiligidagi mutaxassislar tomonidan ötkazilgan operatsiya qariyb 5 soat davom etdi. Yurtimizda ilk bor bajarilgan uşbu öta murakkab amaliyotda oşqozon qayta joylaştirilib, yöğon içakdan yangi qizilöngaç şakllantirildi. Hozir bolaning ahvoli yaxşi. Şu kunlarda oilasi bağriga qaytadi», deyiladi xabarda.