Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya Liviya elchisi Turkiya bilan dengiz hududi bo‘yicha shartnoma matnini taqdim etmasa, uni mamlakatdan chiqarib yuboradi
Gretsiya tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias agarda Liviya elchisi Turkiya Liviya o‘rtasidagi dengiz hududlari demarkatsiyasi bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi matnini taqdim etmaydigan bo‘lsa, u persona non grata deb e'lon qilinishini aytdi.
Dendias Gretsiya tashqi ishlar vazirligi Liviya elchisidan zudlik bilan memorandum matnini taqdim etishni talab qilganini eslatdi.
"Agarda Liviya elchisi juma kuni kelishuv matnini taqdim etmasa, u persona non grata deb e'lon qilinadi va mamlakatdan chiqarib yuboriladi", - dedi u.
Kuzatuvchilarning fikricha, Turkiya va Liviya o‘rtasidagi memorandum Gretsiyaning Egey dengizidagi Kastelorizo, Rodos, Krit kabi orollarini o‘z hududiy suvlaridan tashqarida dengiz shelfi nomiga da'vogarlik qilish imkoniyatidan mahrum etishga qaratilgan.
Mavzuga oid
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
12:19 / 29.05.2026
“Eron Liviyaning kuni boshiga tushishidan qochyapti” - siyosatshunos
10:24 / 04.04.2026
200 dan ortiq ukrain harbiylari Liviyada - surishtiruv tafsilotlari
14:21 / 05.02.2026