Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 12ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi
Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichini qurish ishlari doirasida yer osti o‘tish yo‘li barpo etilmoqda.
“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan qurilish davom etayotgan hududdagi Ahmad Donish ko‘chasining Yangi shahar ko‘chasi kesishmasi orasidagi (Yunusobod bozori yonida) 3 tomonlama harakatlanish yo‘li hamda Ahmad Donish ko‘chasining (“Uch baqaloq” kafesidan) Yunus ota ko‘chalari kesishmasi orasidagi yo‘llar 2019 yil 12 dekabrga qadar vaqtincha yopiladi.
Mazkur hududlardan o‘tuvchi 5, 52, 60, 72, 82, 91, 96, 97, 140, 149, 152, 190-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslarning harakat yo‘li vaqtincha yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz bo‘lgan yondosh ko‘chalar orqali o‘tkaziladi.
Yo‘nalishlarning o‘zgartirilishi munosabati bilan harakat xavfsizligi va yo‘lovchilar tashish qoidalariga qat'iy rioya etish yuzasidan haydovchi va chiptachilar o‘rtasida navbatdan tashqari yo‘riqnomalar o‘tkazildi, deyiladi ma'lumotda.


Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
09:23 / 11.07.2026
Toshkentda avtobus qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlandi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026