Jamiyat | 11:32 / 03.12.2019
5300
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaliqdagi uydan salkam 4 kilogramm marixuana topildi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida 29 noyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi giyohvandlik moddasini saqlash bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi.

Postda.uz'ning xabar berishicha, tadbir davomida shahar IIB xodimlari tomonidan Sharof Rashidov ko‘chasidagi xonadonda yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan Ya.S.ning uyi tekshirildi. 

Natijada uydan oz emas, ko‘p emas, naqd 3 kilogramm 835 gramm marixuana giyohvandlik moddasi topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid