Jahon | 20:10 / 03.12.2019
8042
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya, Eron va Xitoy dekabr oxirida hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Rossiya, Eron va Xitoy 27 dekabrda Hind okeanida hamkorlikda harbiy-dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazadi. Bu haqda Eron harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni kontr-admiral Husayn Xonzodiy ma'lum qildi.

"Rossiya, Eron va Xitoyning hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlari 27 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi", - deya undan iqtibos keltirmoqda IRIB teleradiokorporatsiyasi. 

Xonzodiy mashg‘ulotlar "Dengiz xavfsizligi belbog‘i" deb nomlanishini qo‘shib qo‘ydi.

Hind okeanidagi harbiy-dengiz mashg‘ulotlarining dastlabki rejasi uch davlat vakillari tomonidan oktabr oyida ishlab chiqilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid