Jamiyat | 16:40 / 04.12.2019
5746
2 daqiqa o‘qiladi

Kosonda nogironligi bo‘lgan yuzlab fuqarolarga hokimlik tomonidan moddiy yordam ko‘rsatildi

3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Koson tumanidagi mahallalarda eng og‘ir turmush sharoitida yashab kelayotgan 500 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarga tuman hokimi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari berilib bayram bilan tabriklashdi.

Koson tuman hokimi A.Boykarayev tomonidan tumandagi umumta'lim maktablarining o‘quvchilaridan 48 nafar chin yetim va 110 nafar yakka tartibda ta'lim oluvchi o‘quvchilarga 20 mln so‘mlik badiiy kitoblar homiylik tariqasida topshirildi. 

Tumandagi tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar xalqimizni xursand qilmoqda. Bugungi kunda ilg‘or tajribali o‘z sohasini haqiqiy mutaxassisi bo‘lgan 800 nafar shifokorlar, hamshiralar, orastabonular taklif etilib «Shohsaroy» muhtasham binosida bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirida xushovoz xonanda Umrzoq Quvvatov tomonidan konsert chiqishlari namoyish etildi. Tadbir davomida 20 nafar shifokorga tuman hokimining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shu kuni Surxon qishloq oilaviy polikilinikasi ochilish marosimi o‘tkazildi. Ushbu oilaviy polikilinika qayta rekonstruksiya qilinib, to‘liq jihozlar bilan ta'minlandi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid