Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda yana bir avtobus YTHga uchradi. Halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yil 3 dekabr kuni Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyati hududida «Qizilo‘rda-Kumkol» avtomobil yo‘lida avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, avtobusda 35 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ular orasida qurbonlar va jarohatlanganlar mavjud.
Bildirilishicha, halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan. Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.
Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16.
Bundan oldin, Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyati hududida Chimkent-Samara avtotrassasida ichida 71 nafar yo‘lovchi, jumladan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergandi.
Olingan ma'lumotga ko‘ra, jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
09:23 / 11.07.2026
Toshkentda avtobus qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlandi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026