Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada O‘zbekiston fuqarolari terrorchilikka aloqadorlikda ayblanib hibsga olindi
Moskvaning Meshchanskiy tuman sudi tomonidan hibsga olingan 7 erkakka tergov tomonidan ayblov bildirildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi. Ayblanuvchilardan 6 nafari O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi.
«Ayblanuvchilar - Kimsanov Farxodjon, Mamadaliyev Marifjon, Sultonov Iqboljon, To‘xtasinov Ikromiddin, Xoldorov G‘ulomjon, Xolmatov Azibek, Malikov Ma'rufjon. Ular Rossiya Jinoyat kodeksining 205.5-moddasi 2-qismi (Terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etish) bo‘yicha ayblanmoqdalar. Ular orasida ham Rossiya, ham O‘zbekiston fuqarolari bor. Ularning barchasi 2020 yil 2 fevralgacha hibsga olingan», deyilgan sud xabarida. Ushbu ish bo‘yicha boshqa tafsilotlar ma'lum qilinmagan.
Avvalroq TASS axborot agentligi manbasi Moskva va Chelyabinskda “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkilotining 2 yetakchisi va 7 a'zosi hibsga olinganini ma'lum qilgan. Ular Rossiyada terrorchilik tashkiloti g‘oyalarini tarqatish va mahalliy musulmonlar va mehnat muhojirlari orasidan yangi a'zolar yollash bilan shug‘ullanishgan.
Ta'kidlanishicha, hibsga olinganlar orasida 8 erkak va bir ayol bo‘lgan. Ularning barchasi Rossiya Jinoyat kodeksining 205.5-moddasi 2-qismi bo‘yicha ayblanmoqdalar va 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin.
Mavzuga oid
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026