Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston global innovatsion indeksda 2015 yildan buyon baholanmadi - Innovatsion rivojlanish vazirligi
Bugun, 6 dekabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amaliyotga tatbiq etishning yillik natijalariga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.
Brifingda rivojlantirish strategiyasining 5 yo‘nalishi bo‘yicha yil davomida vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar ma'lum qilindi. Jumladan, ilm-fan, ta'lim va ijodkorlik yo‘nalishida Yoshlar akademiyasi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuzilgan, ilk marotaba Ilmiy startaplar akseleratori tashkil etilgan.
Texnologiyalar transferi yo‘nalishida 3ta investitsiya kompaniyasi, 2ta venchur fondi va 1ta boshqaruv kompaniyasi tashkil etilib, yil davomida 13ta innovatsion loyiha joriy etilgan. Bundan tashqari, OTM laboratoriyalariga 40 turdagi zamonaviy asbob-uskunalar uchun 3 mln. AQSh dollari mablag‘ ajratilgan.
O‘zbekiston global innovatsion indeksdagi o‘rni haqida ma'lumot bergan Innovatsion rivojlanish vazirligi bo‘lim boshlig‘i Jahongir Samatov yaqin yillarda bir necha sabablarga ko‘ra O‘zbekiston bu reytingdan chetda qolganini ta'kidladi.

«O‘zbekiston global innovatsion indeksda 2015 yilda 122-o‘rinni egallagan. Undan keyingi yillarda baholashda ishtirok etmagan. Olib borilayotgan islohotlar, manbalarda statistik ma'lumotlar yo‘qligi tufayli O‘zbekiston tomonidan xalqaro statistik tashkilotlar taqdim etgan savolnomalarga javob qaytarilmagan. Shu sababli O‘zbekiston 2019 yilda ham bu reytingga kiritilmadi.
Hozirda qator ishlar olib boryapmiz va 2020 yilda O‘zbekiston global innovatsion indeksga kirishi kutilmoqda», deya Jahongir Samatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
12:27 / 24.11.2022
“Ziyoli qatlam ustidagi tajribalarda ehtiyotkorlik lozim”. Mutaxassislar – doktorantura qabulidagi beqarorlik haqida
10:54 / 17.11.2022
Doktoranturadagi alg‘ov-dalg‘ov: imtihon natijalari bekor qilinishi ortida moddiy manfaat yotibdi(mi?)
17:10 / 01.05.2022
Ibrohim Abdurahmonov oliy ta’lim mussasalaridagi yangi prorektorlik lavozimi qanday natija keltirayotgani haqida gapirdi
13:55 / 25.07.2021