Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari: «Ilgari, agar elchi investitsiya bilan shug‘ullansa, u shunchaki ishdan olinardi»
Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Unda Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, siyosiy partiyalar vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda - investitsiyalarni jalb qilish elchilar oldidagi asosiy vazifalardan biridir.
“Ilgari, agar elchi investitsiya va biznes loyihalarini jalb qilish bilan shug‘ullansa, u shunchaki ishdan olinardi. Bugungi kunda - investitsiyalarni jalb qilish elchilar oldidagi asosiy vazifalardan biri.
So‘nggi bir yarim yil ichida chet ellik sheriklar bilan umumiy qiymati 31 mlrd AQSh dollari bo‘lgan 816 loyiha ishlab chiqilib, imzolandi.
Biz xalqaro moliyaviy institutlar va banklar, shuningdek, xorijiy investorlarning ishonchini qayta tiklanishini his qilmoqdamiz.
Shuningdek, ilgari, xalqaro maydonlarda bizni bolalar va paxta terishda bolalar va majburiy mehnati uchun tanqid qilishgan. Bugungi kunda Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa institutlarning O‘zbekistonga nisbatan pozitsiyasi butunlay o‘zgardi”, - deydi Ilhom Ne'matov.
Bundan oldin, tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari YeOII masalasida O‘zbekiston birinchi navbatda milliy manfaatlarga tayanishi, tashqi bosim yo‘q ekanini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy baliq ovlash natijasida qariyb yarim mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
Jamiyat | 09:43
-
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16
-
Voronej oblastidagi neft bazasiga dronlar hujum qildi
Jahon | 09:08
-
Smolenskka dronlar hujumi: ko‘p qavatli uy va aviazavod yonmoqda
Jahon | 09:04
Mavzuga oid
23:00 / 08.10.2024
Putin o‘zbekistonlik diplomat Ilhom Ne’matovni orden bilan taqdirladi
16:31 / 08.02.2022
Xalqaro press-klubga yangi rais saylandi
10:29 / 19.12.2020
Ilhom Ne'matov MDH ijroiya qo‘mitasida faoliyat yuritadi
11:56 / 04.12.2020