3 dekabr kuni Xalqaro press-klubda «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunçiligida söz hamda matbuot erkinligi va Özbekistonda OAVni rivojlantiriş jarayonlari» mavzusida davra suhbati bölib ötdi. Tadbir yakunida AOKA rahbari Asadjon Xodjayev jurnalistlarni qiziqtirgan ayrim savollarga javob berdi va ba'zi masalalar yuzasidan öz fikrlarini bildirdi.

Tahliliy maqolalar va mavzular kamligi xususida

«Bizning jurnalistlarga, OAVga tahliliy maqolalar yetişmaydi. Men har doim tahlil tarafdoriman. Nimaga? Har qanday muammoning obektiv va sub'yektiv sababi bor. Bularni biz oçiq-oydin muhokama qilişimiz kerak. Ehtirosga berilib, rahbarlarni biror muammoni tez hal qilib beringlar deyiş bilan nimaga undaymiz, ular hisob-kitob qilmasdan, ertaga hal qilamiz, degandek, xalqqa yaxşi köriniş uçun populistik va'dalarni berib yuboradi. Yöq, xalqning muammolarini oçiq-oydin körsatib berişimiz kerak. Imkoniyat bölmasa, uni aytişi, zaxiralar şu işlarga yetadi, deb aniq bildirişi, turli olibqoçar sözlar bilan vaziyatni tinçitiş bölmaydi. Muammoni tahlil asosida hal qilişimiz kerak».

Xodjayev AOKA tomonidan Gazeta.uz saytiga berilgan taqdimnomani ham izohladi

«Bu masalada, avvalambor, ma'lumotlarni tekşiriş haqida gapirdik. Soğliqni saqlaş vazirligining izohini oliş kerak edi. Lekin vazirlik fikri olinmasdan e'lon qilingan. Axborotni birinçi tekşiriş kerak. Internetda, ijtimoiy tarmoqlarda turli axborot tarqaladi. Ularning haqqoniyligini tekşirişni biz talab qila olmaymiz, bunga haqimiz ham yöq. Lekin har qanday OAV öşa axborotni tekşirişi, söng tegişli axborot xizmatidan söraşi kerak deb hisobladim. Mabodo, izoh ololmasa, menga çiqişi lozim böladi».

AOKA jurnalistlar va OAVni himoya qilişni davom ettiradi

«Siyosat özgarmaydi, buni hammamiz bilişimiz kerak. AOKA bundan keyin ham jurnalistlarni va OAVni himoya qilişni davom ettiradi. Mening fikrim, jurnalist yozgani uçun qamoqda ötirişi kerak emas. Bu mening pozitsiyam, bu yönalişda işlayman va işlarni davom ettiraman».

Muloqotdan qoçadigan vazirlik va hokimliklar haqida

«Şu yilning özida jurnalistlarning axborot oliş huquqi poymol qilinganini inobatga olib, turli idoralarga 37ta taqdimnoma va körsatma kiritdik. Köp muloqotdan qoçadigan idoralar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Toşkent şahar hokimligi böldi. Biz bu idoralarga kiritgan taqdimnomalar böyiça tegişli javobni olamiz va işni oxiriga yetkazamiz».