Ilhom Ne'matov: «YeOII masalasida O‘zbekiston birinchi navbatda milliy manfaatlarga tayanadi. Bizga tashqi bosim yo‘q»
O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi masalalarida birinchi navbatda milliy manfaatlarga tayanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Xalqaro press-klubning navbatdagi tadbirida aytib o‘tdi.
“Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi masalalarida O‘zbekiston birinchi navbatda milliy manfaatlarga tayanadi. Bu borada bizga tashqi bosim yo‘q”, - dedi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari.
Bundan oldin, Xalqaro valuta jamg‘armasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo departamenti direktori o‘rinbosari Yuxa Kyaxkonen O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirgan taqdirda ham, dunyoning barcha mamlakatlari bilan savdo uchun ochiq bo‘lib qolishi kerakligini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida O‘zbekiston rasmiylari YeOIIga qo‘shilish masalasini uch yildan buyon ko‘rib chiqayotgani ma'lum bo‘lgan edi.
Mamlakatni 2030 yilgacha kompleks rivojlantirish konsepsiyasi loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston 2019-2021 yillar oralig‘ida YeOII a'zolari bilan erkin savdo kelishuvini imzolashi, 2022-2025 yillarda esa YeOIIga a'zo bo‘lib kirish bo‘yicha izchil tadqiqotlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
14:38 / 07.11.2024
«Turkiy davlatlar tashkiloti YeOIIga raqobatchi bo‘ladi» – qirg‘iz siyosatshunosi
22:40 / 19.10.2024
Million dollarlik litsenziya, YeOIIga rad javobi va 2x YaIM prognozi - hafta dayjesti
21:12 / 17.10.2024
O‘zbekiston hech qanday harbiy tuzilmalarga qo‘shilmaydi - Akmal Saidov
23:00 / 08.10.2024