2021 yil 1 yanvardan Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari Ilhom Ne'matov Mustaqil davlatlar hamdöstligi (MDH) ijroiya qömitasi raisi – ijroçi kotibining örinbosari vazifasini bajarişga kirişadi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Ilhomjon Ne'matov Namangan viloyatida tuğilgan. Farğona politexnika instituti va Moskvadagi Diplomatiya akademiyasini tugatgan.

1992 yildan buyon Taşqi işlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. U tizimda Konsullik boşqarmasi bölim boşliği lavozimida iş boşlagan. Turli yillarda Özbekistonning Hindiston, Rossiya, AQŞdagi elçixonalariga rahbarlik qilgan, Taşqi işlar vazirligining maxsus topşiriqlar böyiça elçisi, taşqi işlar vazirining örinbosari, birinçi örinbosari bölgan.

Iqtisod fanlari nomzodi, Özbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi yuqori diplomatik martabasiga ega.

Ilhomjon Ne'matov MDH Ijroiya qömitasida iqtisodiy hamkorlik masalalarini muvofiqlaştirişi kutilmoqda.