Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin o‘zbekistonlik diplomat Ilhom Ne’matovni orden bilan taqdirladi
MDH bosh kotibi o‘rinbosari Ne’matovga Rossiyaning «Do‘stlik» ordeni topshirildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH bosh kotibi o‘rinbosari, o‘zbekistonlik diplomat Ilhom Ne’matovga «Do‘stlik» ordenini topshirdi.
Qayd etilishicha, Bosh kotib o‘rinbosari Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun mukofotlangan. Marosim Kremlda MDH sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi.
«Bu mashhur odam. MDH rivojida katta ishlarni amalga oshirgan shaxs. Bundan tashqari, Ilhom To‘ychiyevich turli lavozimlarda ishlab, 2008–2010 yillarda Moskvada elchi bo‘lgan, Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirish uchun ko‘p ishlarni amalga oshirgan», dedi Putin orden taqdimotida.
Rossiya rahbari, shuningdek, Ne’matovga qilingan barcha ishlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning bosh kotib o‘rinbosari sifatidagi faoliyati ham xuddi shunday samarali va MDHni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishiga umid bildirdi.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
17:14 / 03.07.2026
Putinning reytingi yana pasaymoqda
19:04 / 30.06.2026