AQSh Iroq rahbariyatiga qarshi sanksiyalar kiritishi mumkin
AQSh Iroqdagi namoyishlar ortidan inson huquqlari buzilishi sababli mamlakat rahbariyatiga qarshi sanksiyalar kiritilishi mumkinligini istisno etmaydi, dedi AQSh davlat kotibining Yaqin Sharq bo‘yicha yordamchisi Devid Shenker.
"Bugun AQSh Iroqdagi tinch namoyishlarning shafqatsizlarcha bostirilishiga aloqador uch nafar iroqlikka qarshi sanksiya kiritdi", - dedi davlat departamenti vakili.
AQShning ta'kidlashicha, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan jangovar tuzilmalar rahbarlari Eron bilan aloqador. AQSh moliya vazirligi shuningdek, "Iroq xalqiga zarar keltirgan korrupsiyadagi ishtiroki uchun" iroqlik biznesmen Hamis al-Hanjarga nisbatan ham sanksiya kiritdi.
"Biz siz hukumatda ishlaysizmi-yo‘qmi, bundan qat'i nazar, inson huquqlarini buzsangiz va namoyishlarga zo‘ravonlik bilan javob qaytarsangiz sanksiyalar kiritishda davom etaveramiz", - dedi Shenker.
Iroqda oktyabrdan buyon davom etayotgan namoyishlar qatnashchilari hukumat iste'fosini, korrupsiya, ishsizlikka qarshi kurashishni, turmush tarzini yaxshilashni talab qilmoqda. OAVning bildirishicha, namoyishlar davomidagi to‘qnashuvlar oqibatida 350 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 50 mingga yaqin kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024