O‘zbekiston | 10:44 / 07.12.2019
1538
3 daqiqa o‘qiladi

Bioxavfsizlik milliy muvofiqlashtiruvchi markazi faoliyati tashkil etiladi

Bioxavfsizlik milliy muvofiqlashtiruvchi markazi faoliyati tashkil etiladi va biologik xilma-xillik konvensiyasining Kartaxena protokoli qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun e'lon qilingan tegishli qarori loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markaziga Bioxavfsizlik milliy muvofiqlashtirish markazi vazifalari yuklatiladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalari markaziga oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda ozuqa va urug‘larda genetik modifikatsiyalangan organizmlarni (GMO) aniqlash bo‘yicha referens-laboratoriya vazifasi yuklatiladi.

Referens-laboratoriyasi GMOni aniqlash bo‘yicha laboratoriya natijalari munozarali holat bo‘lganda “uchinchi tomon” sifatida qatnashishi belgilab qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxena protokoli Kotibiyatiga yil yakuni bo‘yicha Markaz tomonidan Kartaxena protokolini bajarilishi yuzasidan hisobot berib borilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika davlat budjetidan Genomika va bioinformatika markaziga yuklatilgan Markaz vazifalarini bajarish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni nazarda tutgan holda mablag‘ ajratadi.

Markaz vazifalarini bajarishda ishtirok etayotgan xodimlarga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 500 foizgacha ustama haq to‘lanishi va yiliga 10 okladgacha pul mukofoti berilishi belgilab qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Kartaxena protokoli masalalari bo‘yicha tashrif buyuruvchi chet el mutaxassislariga kirish vizalarini rasmiylashtirishni ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Kartaxena protokoli bo‘yicha Genomika va bioinformatika markaziga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish maqsadida xalqaro beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarni) jalb etishda ko‘maklashadi va bu borada donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan doimiy ravishda amaliy ish olib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi biologik xavfsizlikni ta'minlash, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda ozuqa va urug‘lar tarkibida GMOni tadqiq etishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni tanlovlar asosida shakllantirilishini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid