Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqaroviy va xizmat quroli bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi (batafsil)
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta'mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom e'lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun joylashtirilgan tegishli qarori loyihasiga ko‘ra, nizomga muvofiq quyidagi faoliyat turlari litsenziyalanadi:
fuqaroviy va xizmat qurolini ishlab chiqarish bo‘yicha;
fuqaroviy va xizmat qurolining o‘q-dorilarini ishlab chiqarish bo‘yicha;
fuqaroviy va xizmat qurolini ta'mirlash bo‘yicha;
fuqaroviy va xizmat qurolini realizatsiya qilish bo‘yicha;
fuqaroviy va xizmat qurolining o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha.
Quyidagi faoliyat litsenziyalanmaydi:
pichoqlarning milliy turlarini (pichoqlar) – tig‘ning fiksatori bo‘lmagan va uzunligi 200 mm dan oshishiga yo‘l qo‘yilmagan an'anaviy shaklda bajarilgan, sopi suyak yoki plastik material qadab naqsh solingan xalq hunarmandchiligi buyumlarini ishlab chiqarish, ta'mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha;
qurol egalari – jismoniy shaxslar tomonidan silliq stvolli ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma asosida o‘zlariga tegishli bo‘lgan silliq stvolli ov qurolining patronlarini shaxsiy foydalanish uchun aslahalash bo‘yicha;
qurol egalari – jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurolni saqlash va olib yurishga, saqlashga, kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yishga doir ruxsatnomalar asosida o‘zlariga tegishli bo‘lgan fuqaroviy va xizmat qurolini ta'mirlash hamda uning butlovchi qismlarini almashtirish bo‘yicha;
qurol egalari – jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurol va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilishga doir ruxsatnomalar asosida o‘zlariga qonuniy asoslarda tegishli bo‘lgan fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilishi bo‘yicha.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta'mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Lisenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari, basharti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta'mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirish nazarda tutilgan bo‘lsa, faoliyatning mazkur turlarini tegishli litsenziyani olmasdan amalga oshirishga haqlidir. Mazkur qoida ko‘rsatilgan korxonalar va muassasalarni litsenziya talablari va shartlarini, shuningdek fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta'mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirish bilan bog‘liq, qonun hujjatlariga muvofiq qo‘yiladigan boshqa talablarni bajarishdan ozod etmaydi.
Lisenziyani berish, uni berishni rad qilish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Lisenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va uni bekor qilish sud qarori bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.
Lisenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha xulosalarni tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Nazorat-ruxsat berish faoliyati bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta'mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi. Lisenziya da'vogarining arizasiga binoan litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining butun faoliyat turiga yoki uning bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin.
Lisenziyalar amal qilishi cheklanmagan muddatga beriladi.
Lisenziya talablari va shartlari
Quyidagilar fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta'mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) lisenziat tomonidan tegishli litsenziyalanadigan faoliyat turi bo‘yicha qonun hujjatlariga, normativ texnik hujjatlarga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish, jamoat xavfsizligini ta'minlash qoidalariga, yong‘inga qarshi, ekologiya hamda sanitariya-gigiyena norma va talablariga rioya qilish;
b) arizada ko‘rsatilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlarini qonun hujjatlariga hamda normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiq to‘liq hajmda amalga oshirish uchun litsenziya da'vogarida mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan moddiy-texnik bazasining (maxsus jihozlangan binolar, inshootlar, xonalar, qo‘riqlashning muhandislik-texnik vositalari, yong‘inga qarshi avtomatika va qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalari, texnologiya asbob-uskunalar) mavjudligi;
v) litsenziyalanadigan faoliyat turini mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilab berilgan joylardagi doimiy ravishda joylashgan statsionar turdagi bino va inshootlarda, shuningdek, litsenziya va litsenziya bitimida ko‘rsatilgan doirada hamda joy (manzil) bo‘yicha amalga oshirish;
g) fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini but saqlanishini ta'minlash va ular mavjud bo‘lgan joylarga begona shaxslarning ruxsatsiz kirishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan rejim choralarini ko‘rish, ularni ishlab chiqarish, ta'mirlash va realizatsiya qilish obektlarida jismoniy himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, ularni qo‘riqlashning muhandislik-texnik vositalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining texnik qo‘riqlash pultiga ulangan qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlash;
d) “Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning o‘q-dorilarining chiqarilishiga, ta'mirlanishiga va realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;
ye) ishlab chiqarilgan, ta'mirlangan, olingan va realizatsiya qilingan fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning o‘q-dorilarining hisobini yuritish, shuningdek hisobga olish hujjatlarni o‘n yil mobaynida saqlash;
j) litsenziyalanadigan faoliyat turini (uning qismini) amalga oshirishda yuzaga kelgan yong‘inni, avariyani yoki o‘zga favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish bo‘yicha litsenziya da'vogari ma'muriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid ichki rejani ishlab chiqish;
z) yong‘inni, avariyani yoki o‘zga favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish, xavfli moddalar tarqalishining (oqib ketishining) oldini olish va lokallashtirish uchun zarur bo‘lgan yakka tartibdagi va kollektiv himoyalanish vositalarining, shuningdek maxsus vositalarning hisob-kitob zaxirasi va turlari mavjudligi, ularni ishchi holatida saqlash;
i) litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bog‘liq ishlarga jalb etilayotgan quyidagi xodimlar mavjud emasligi:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar;
ruhiy holati buzilganligi, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm bo‘yicha dispanser hisobida turganlar;
“Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi to‘qqizinchi qismining uchinchi, beshinchi, oltinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilarida belgilangan asoslar mavjud bo‘lganlar;
doimiy yashash joyiga ega bo‘lmaganlar;
jamoat tartibiga, boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarni sodir etganlik, shuningdek badanga yengil shikast yetkazganlik va giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni oz miqdorda g‘ayriqonuniy ravishda tayyorlaganlik, olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki jo‘natganlik uchun bir yil davomida takroran ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.
k) litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bog‘liq ishlarga jalb etilayotgan xodimlarni muntazam ravishda (uch yilda kamida bir marta) psixiatriya va narkologiya ko‘riklaridan o‘tkazish;
l) litsenziya bitimi bilan o‘rnatilgan tartibda litsenziyalovchi organga ishlab chiqarilgan, ta'mirlangan va realizatsiya qilingan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni, shuningdek litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bog‘liq ishlarga jalb etilayotgan xodimlarning ro‘yxatini taqdim etish.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishda qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
a) fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish bo‘yicha:
litsenziya da'vogari tomonidan xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qo‘llaniladigan inshootlar va texnika qurilmalarining diagnostikasi, sinovlari, tekshiruvi o‘tkazilishini, shuningdek sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish tizimini joriy etish (fuqaroviy va xizmat o‘qotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni, ularning o‘q-dorilarini hamda o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun);
texnik reglamentlar yoki standartlarning talablariga muvofiq ishlab chiqilgan, ishlab chiqariladigan mahsulotning har bir turi bo‘yicha texnologik va foydalanishga doir hujjatlarni (chizmalar, texnik shartlar, texnologik reglamentlar, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar) yuritish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat nazoratini ta'minlash bo‘yicha «O‘zstandart» agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyaning mavjudligi;
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyo va komponentlar kirimi va chiqimini hisobini yuritish;
ishlab chiqarilgan fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini sertifikatlashtirish tartibiga amal qilish, ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi markirovkani, keyinchalik tamg‘alash yoki unga muvofiqlik belgisini qo‘yish;
ishlab chiqarish obekti hududida, ishlab chiqarish, laboratoriya va ombor inshootlari hamda xonalarida ruxsat berish va obekt ichki rejimini ta'minlash;
fuqaroviy va xizmat o‘qotar qurolini hamda uning o‘q-dorilarini, og‘iz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri to‘qqiz millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik ov qurolini ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda Milliy gvardiya organlarining tunu-kun qurolli qo‘riqlovini ta'minlash;
og‘iz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik (og‘iz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri to‘qqiz millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik ov qurolidan tashqari) va signal beruvchi ov qurolini, og‘iz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori bo‘lgan pnevmatik va signal beruvchi sport qurolini, ularning o‘q-dorilarini, shuningdek o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda Milliy gvardiya organlarining yoki xizmat qurolli bilan qurollangan idoraviy (idoradan tashqari) harbiylashtirilgan qo‘riqlash, yoxud idoraviy qorovullik xizmatining tunu-kun qurolli qo‘riqlovini ta'minlash;
shtatda litsenziyalanadigan faoliyat turiga (uning qismiga) muvofiq keladigan texnika, kon-texnika, fizika, kimyoviy, o‘zga tegishli (asosiy) oliy va (yoki) o‘rta maxsus ma'lumotga hamda malakaga ega bo‘lgan bo‘lgan mutaxassislarning, shuningdek rahbarning rejim bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi mavjudligi (fuqaroviy va xizmat o‘qotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni hamda uning o‘q-dorilarini, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda);
b) fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha:
bitta savdo zalida qurolni va boshqa turdagi tovarlarni realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, bundan sport, ov va baliq ovlash ashyolari, qurolning ehtiyot qismlari va pirotexnika buyumlari mustasno;
realizatsiya qilinayotgan fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarining har bir turi bo‘yicha ularning xavfsizligi va iste'mol xossalarini ta'minlash uchun axborotning to‘liq berilishini ta'minlaydigan guvohnomalarning, sertifikatlar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarning mavjudligi;
fuqaroviy va xizmat qurolini Milliy gvardiya organlarining, unda ko‘rsatilgan qurolni olishga doir ruxsatnomasi asosida realizatsiya qilish, “Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq Milliy gvardiya organlarining ruxsatnomalarisiz olinadigan fuqaroviy va xizmat quroli bundan mustasno;
fuqaroviy va xizmat qurolining o‘q-dorilarini yuridik shaxslarga Milliy gvardiya organlarining qurolni olishga doir, unda ko‘rsatilgan o‘q-dorilarni olish huquqini beruvchi ruxsatnomasi asosida, jismoniy shaxslarga esa – Milliy gvardiya organlarining olinayotgan o‘q-dorilarga muvofiq bo‘lgan qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasi taqdim etilganda, “Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq Milliy gvardiya organlarining ruxsatnomalarisiz olinadigan fuqaroviy va xizmat qurolining o‘q-dorilari bundan mustasno;
raqami va ishlab chiqaruvchining tamg‘asi mavjud bo‘lmagan qurolni, ishlab chiqaruvchining axborot markirovkasi mavjud bo‘lmagan o‘q-dorilarni, shuningdek zavodda ishlab chiqarilmagan (qo‘lbola) yoki qayta ishlangan qurolni realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;
jismoniy shaxslarga realizatsiya qilinayotgan tig‘li sovuq va signal beruvchi ov qurolini, o‘qotar ov qurolining hamda og‘iz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik qurolning o‘q-dorilarini ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasida, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini esa – fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qiluvchi yuridik shaxsning hisobga olish hujjatlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
iste'molchilarning manfaatlari va huquqlarini ta'minlash, ularga fuqaroviy va xizmat quroliga hamda uning o‘q-dorilariga xizmat ko‘rsatish, ularni tashish, saqlash, olib yurish va ulardan foydalanish shartlarini mijozlarga yetkazish.
Lisenziyani olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Lisenziya olish uchun litsenziya da'vogari litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va hisob raqami, telefon, faks raqamlari, elektron pochta va mavjud bo‘lsa veb-sayt manzili, ishlab chiqarilishi, ta'mirlanishi va (yoki) realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning o‘q-dorilarining turlari ko‘rsatilgan holda amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi), litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi) amalga oshiriladigan joyi (manzili) ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza;
b) litsenziya talablari va shartlariga muvofiq litsenziyalanadigan faoliyat turlari bo‘yicha zarur bo‘lgan barcha ishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan moddiy-texnik baza to‘g‘risida ma'lumotlar (maxsus jihozlangan binolarni, inshootlarni, xonalarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi yoki ularni ijara olish shartnomasi, qo‘riqlashning muhandislik-texnik vositalarini o‘rnatish, yong‘inga qarshi avtomatika va qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish dalolatnomalari, ularni Milliy gvardiya organlarining texnik qo‘riqlash punkti qo‘riqloviga olish shartnomasi);
v) litsenziyalanadigan faoliyat turini (uning qismini) amalga oshirishda yuzaga kelgan yong‘inni, avariyani yoki o‘zga favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish bo‘yicha litsenziya da'vogari ma'muriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid ichki reja;
g) yuridik shaxsning rahbarlari va litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bog‘liq ishlarga jalb etilayotgan xodimlarining, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, egallab turgan lavozimi, litsenziyalanadigan faoliyat turi bo‘yicha ish staji ko‘rsatilgan ro‘yxati;
d) yuridik shaxs shtatida ruhiy holati buzilganligi, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm bo‘yicha dispanser hisobida turgan, qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan, jinoiy jazoni o‘tayotgan, o‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185, 220, 221 va 222-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan, jamoat tartibiga, boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarni sodir etganlik, shuningdek badanga yengil shikast yetkazganlik va giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni oz miqdorda g‘ayriqonuniy ravishda tayyorlaganlik, olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki jo‘natganlik uchun bir yil davomida takroran ma'muriy javobgarlikka tortilgan xodimlarning yo‘qligi to‘g‘risidagi tegishli tibbiyot muassasalari va hududiy ichki ishlar organlari ma'lumotnomalari ilova qilingan holdagi ma'lumotlar;
ye) ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya da'vogari tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
j) fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda qo‘shimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:
loyiha hujjatlarining, binolar va inshootlarning, qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va foydalanishga doir boshqa hujjatlarning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi sanoat xavfsizligi ekspertizasining xulosasi (fuqaroviy va xizmat o‘qotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni hamda ularning o‘q-dorilarini, shuningdek o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun);
fuqaroviy va xizmat qurolni hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarishga texnik shartlar;
«O‘zstandart» agentligi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat nazoratini ta'minlash bo‘yicha laboratoriyaga berilgan akkreditatsiya dalolatnomasi, yoki bunday laboratoriya bilan sinovlarni o‘tkazishga doir ishlarni amalga oshirish bo‘yicha shartnoma;
Milliy gvardiya organlarining yoki idoraviy (idoradan tashqari) harbiylashtirilgan qo‘riqlash, yoxud idoraviy qorovullik xizmatining qo‘riqlovini ta'minlash shartnomasi;
mutaxassislarning malakasi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlar (texnika, kon-texnika, fizika, kimyoviy, o‘zga tegishli (asosiy) oliy va (yoki) o‘rta maxsus ma'lumot to‘g‘risidagi diplomlarning, malaka toifasi berilganligi, malakani oshirish kurslarini yoki maxsus tayyorgarlikdan o‘tganligi haqidagi sertifikatlar va o‘zga hujjatlarning nusxalari) ilova qilingan holdagi ma'lumotlar (fuqaroviy va xizmat o‘qotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni hamda ularning o‘q-dorilarini, shuningdek o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun).
Lisenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
Lisenziya da'vogaridan ushbu nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Lisenziya da'vogari tomonidan hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi.
Lisenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da'vogarining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida xabarnomani axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga bo‘lgan roziligini bildiradi.
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya da'vogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinib, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana ko‘rsatilgan holda arizachiga darhol yuboriladi (topshiriladi).
Arizaning ikkinchi nusxasi ariza qabul qilingan sanasi ko‘rsatilgan holda arizachiga darhol beriladi (yuboriladi).
Noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma'lumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya da'vogari qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:00 / 12.02.2026