Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro aeroportda «Novosibirsk–Toshkent» aviareysida uchib kelgan shaxs ushlandi. U 2009 yildan beri qidiruvda bo‘lgan
Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekistonda 2009 yildan beri qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 1983 yilda tug‘ilgan, oilali, muqaddam sudlanmagan, Urgut tumani Jartepa mahallasida yashagan H.J. Samarqand viloyati IIB tomonidan 2009 yil 8 aprelda qidiruvga berilgan.
U Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-profilaktik chora-tadbirlar natijasida 2019 yil 27 noyabr kuni ushlandi.

IIV xabarida aytilishicha, ushbu shaxs Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida, «Novosibirsk–Toshkent» aviareysida uchib kelgan vaqtida qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
23:14 / 10.04.2026
Prezident Buxoroda yangi aeroport qurilishi bilan tanishdi
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
20:51 / 05.03.2026
Toshkent – Samarqand avtomagistralining loyihaviy tezligi 150 km/s etib belgilanadi
21:12 / 02.03.2026